Oʻzbekistonda xristianlik

Muqaddas Qalb Cherkovi, Toshkent
Rus proyaslav cherkovi, Samarqand
Aleksandr Nevskiy Cherkovi, Toshkent
Toshkentdagi Ieroshahid Germogen cherkovi

Oʻzbekiston dunyoviy davlat boʻlib, respublika Konstitutsiyasiga koʻra, barcha diniy tashkilotlar qonun oldida tengdir[1]. Oʻzbekistoning aholisi 2021-yil noyabr oyiga koʻra 35 milliondan oshgan[2]. 2019-yil oʻrtasi AQSH hukumati hisob-kitoblariga koʻra 30,3 million aholining 88 foizini musulmonlar tashkil qiladi, biroq Tashqi Ishlar Vazirli aholining 93-94 foizi musulmonlar ekanligini taʼkidlaydi[3]. Hisobotlarga koʻra, aholining taxminan 3,5 foizini rus pravoslavlari tashkil etgan[4] va statistik maʼlumotlarga koʻra, etnik ruslar va boshqa pravoslavlarning emigratsiyasi tufayli bu raqam pasayishda davom etgan va 2020-yilda Pew tadqiqot markazi hisobotlariga koʻra aholining 97,1 foizini musulmonlar, 2 foizini (345000[5]) xristianlar tashkil etmoqda[6]

Marv xristianlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar eng qadimgi hisoblanadi. Beruniy aytishicha, Marvda Iso Masih tugʻilganidan 200 yil oʻtgach, ushbu din rohib Baraxiy tomonidan olib kirilgan. Arxeologik maʼlumotlar esa Marv shahri atrofida xristian ehromining III — IV asrlarda faoliyat koʻrsatgani haqida maʼlumot beradi. Markaziy Osiyo hududida arxeologik qazilmalar natijasida V — XIV asrlarga mansub deb topilgan koʻplab xristianlik yodgorliklari, jumladan ibodatxona va monastirlarning xarobalari, freskali ikona yozuvlari, matolarga bitilgan ikonalar, Injil qissalari tasvirlangan keramikalar, boʻyinga osiladigan xoch va medallar hamda xristianlik timsoli tushirilgan davlat tangalari, minglab xoch tushirilgan qabr toshlar yoki qabr ustiga qoʻyilgan xochlar ahamiyatga molik.[7].

Taxminan 14-asrda xristianlik tez pasayishni boshladi. Pasayish omillari orasida mintaqaga tarqalib, u yerda yashovchi xristian jamoalarining koʻp qismini oʻldirgan vabo kiradi. Qolgan nasroniylar, ehtimol, iqtisodiy sabablarga koʻra Islomni qabul qilganlar. Temuriylar davrida siyosiy vaziyat, ehtimol, qiynalayotgan jamoani yanada keskinlashtirgan[8].

Xabarlarga koʻra, Samarqand va Oʻrta Osiyodagi oxirgi nasroniylar uning nabirasi Mirzo Ulugʻbek tomonidan taʼqib qilingan .Biroq, ishonchli yozuvlar yoʻqligi sababli, mintaqadagi suriyalik nasroniylarning kamayishi bilan bogʻliq tafsilotlar qorongʻiligicha qolmoqda[9].

1867-yilda ruslar hukmronligi davrida, rus va yevropalik koʻchmanchilar va zobitlarga xizmat qilish uchun yirik shaharlarda pravoslav cherkovlari qurilgani mintaqaga Xristianlik dinining qaytishiga asos boʻlgan[10].

Amerika Qoʻshma Shtatlarining Xalqaro diniy erkinlik boʻyicha komissiyasi 2005-2020-yillar oraligʻida Oʻzbekistonni oʻzining „Alohida tashvishga soladigan davlatlar“ roʻyxatida saqlagan. 2019-yil davomida hukumat huquq-tartibot organlarining diniy jamoalarga bostirib kirishi va taʼqib qilishini taqiqlashni muvaffaqiyatli amalga oshirgani va 2019-yil avgust oyida komissiya tavsiya etgan chora-tadbirlardan biri boʻlgan Jasliq qamoqxonasi yopilishi Oʻzbekistonning „Alohida tashvishga soladigan davlatlar“ roʻyxatidan chiqarilib komissiyaning „Maxsus kuzatuv roʻyxatiga“ roʻyxatiga kiritilishiga asos boʻlgan[11][12].

  1. „O'zbekiston Respulikasi Konstitusiyasi“. constitution.uz. Qaraldi: 2021-yil 17-noyabr.
  2. „O'zbekiston Respulikasi aholisi“. stat.uz. Qaraldi: 2021-yil 17-noyabr.
  3. „2019 Report on International Religious Freedom: Uzbekistan“. state.gov. Qaraldi: 2021-yil 17-noyabr.
  4. „2019 Report on International Religious Freedom: Uzbekistan“. state.gov. Qaraldi: 2021-yil 17-noyabr.
  5. „The number of Christians in Uzbekistan“. opendoorsusa.org. 2022-yil 21-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 17-noyabr.
  6. „Pew-Templeton Global Religious Futures project“. globalreligiousfutures.org. 2018-yil 29-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 17-noyabr.
  7. „Dinshunoslik“. Qaraldi: 2021-yil 17-noyabr.
  8. „Christianity in Uzbekistan“. Qaraldi: 2021-yil 17-noyabr.
  9. „Christianity in Uzbekistan“. Qaraldi: 2021-yil 17-noyabr.
  10. „Christianity in Uzbekistan“. Qaraldi: 2021-yil 17-noyabr.
  11. „Uzbekistan country update“. uscirf.gov. Qaraldi: 2021-yil 17-noyabr.
  12. „Country update:Uzbekistan“. uscirf.gov. Qaraldi: 2021-yil 17-noyabr.