Temuriylar tarixi davlat muzeyi[1] — 1996-yilda Toshkentda ochilgan. Muzey Amir Temur va temuriylar sulolasi vakillari davridagi Oʻrta Osiyo tarixiga bagʻishlangan. Muzeyda 5 mingdan ortiq eksponatlar saqlanadi. Oʻzbekiston birinchi prezidentiIslom Karimov 1996-yilni Oʻzbekistonda „Amir Temur yili“ deb eʼlon qilgan va Amir Temurning 660 yilligi Oʻzbekistonda keng nishonlangan. Keyinchalik respublika Toshkent markazida Temuriylar tarixini aks ettiruvchi davlat muzeyini qurishga qaror qilgan.
Afrosiyob muzeyi — 1970-yilda ochilgan. Muzey Samarqand shahri va uning atrofi tarixiga bagʻishlangan. Dunyodagi eng yirik arxeologik yodgorliklardan biri va 13-asr boshlarida moʻgʻullar tomonidan vayron qilingan qadimiy shahar boʻlgan Afrasiyob tarixiy oʻrnida joylashgan muzey.
Buxoro davlat meʼmoriy-badiiy muzey qoʻriqxonasi — 1922-yil Buxoroda ochilgan. Muzeyda Buxoroning turli meʼmoriy yodgorliklarida joylashgan 18 ta doimiy koʻrgazmalarni birlashtirgan 6 ta filial ham mavjud.
Qoraqalpogʻiston davlat sanʼat muzeyi[2] — 1966-yilda Nukus shahrida ochilgan. Muzey kollektsiyasi rus avangardining asarlari toʻplamlari orasida ahamiyati va hajmi boʻyicha dunyoda ikkinchi oʻrinda turadi. Muzeyni The Guardian nashri Oʻzbekiston Luvri deb taʼriflagan[3].
Oʻzbekiston Davlat Sanʼat muzeyi[6] — 1918-yil Toshkentda ochilgan. Muzeyning dastlabki kolleksiyasi knyaz Nikolay Konstantinovich Romanovning 100 ta sanʼat asaridan iborat boʻlgan. 1930-yillarning ikkinchi yarmidan boshlab muzey kolleksiyasi sezilarli darajada kengayib, Oʻzbekiston rassomlari asarlarini qamrab oldi.
Oʻzbekiston Аlоqа tаriхi muzеyi: Muzeyda mamlakatimiz telekommunikatsiya sohasining shakllanish va rivojlanish yoʻlini koʻrsatuvchi 400 dan ortiq turli eksponatlar jamlangan.