Peachoid (talaffuzi: pichoid; peach — „shaftoli“) — shakli shaftoliga oʻxshaydigan suv minorasi boʻlib, AQShdagi Janubiy Karolina shtatining Gaffney shahrida joylashgan.[1]
Uning balandligi — 41 metr, sigʻimi — 3,8 million litr suv (3800 m³). Peachoid Roadda joylashgan[2].
Minora shaharning diqqatga sazovor joylaridan biridir. Uning tashqi koʻrinishi va konstrukturasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan va AQSh qonunchiligiga muvofiq bunday binolarning barcha hosila tasvirlari, shu jumladan fotosuratlari faqat muallifning yozma ruxsati bilan olinishi kerak.
Minora 1981-yilda Chicago Bridge and Iron Company shirkati tomonidan poʻlat va betondan qurilgan. Konstruktsiyaga dekorativ elementlar qoʻshilgan: tepada band, bir tomonida barg, pastki qismida kurtak va u koʻproq shaftoliga oʻxshashi uchun poʻlat elementlar qoʻshish yoʻli bilan butun devor boʻylab chuqurchalar qilingan. Rassom Peter Freudenberg minorani shunga mos ravishda boʻyagan[3].
Minora Amerikaning House of Cards serialida kichik rol oʻynaydi[4][5]. Serialning bosh qahramoni, Gaffneyda tugʻilgan Frank Underwood (talaffuzi: Frenk Andervud) oʻz ofisida Persikomerning suratini saqlaydi. Serialning birinchi mavsumi uchinchi epizodida Persicomer siyosiy intriga mavzusiga aylanadi va Frenk uchun yashitin xavf tugʻdiradi[6].