Pinky Lilani

Lilani 2011-yil Financial Timesdagi kechada

Nusrat Mehboob Lilani CBE DL (1954-yil 25-martda tugʻilgan), Pinky Lilani nomi bilan tanilgan boʻlib, u muallif, motivatsion maʼruzachi, oziq-ovqat boʻyicha mutaxassis va ayollar himoyachisi sifatida tanilgan.[1] U nufuzli ayollar va yetakchilarni e’tirof etuvchi bir qancha mukofotlarning, jumladan, har yili oʻtkaziladigan “Kelajak ayollari” va “Osiyo ayollari yutuqlari” kabi mukofotlari asoschisi va rahbari.[2]

Lilani xayriya ishlari olib borishdagi faolligi uchun 2007 yilda Britaniya Imperiyasi ordeni (OBE) va 2015-yilga kelib biznes sohasidagi ayollarga xizmatlari uchun Britaniya Imperiyasi ordeni (CBE) qoʻmondoni etib tayinlangan.[3]

Yoshligi va taʼlimi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lilani 1954-yil 25-martda Hindistonning Kalkutta shahrida tugʻilgan va Kalkuttadagi katolik Loreto uyi maktabida tahsil olgan. U ismoiliylar yashaydigan jamoada tarbiyalangan.[4] 1974-yilda Kalkutta universitetini taʼlim va ingliz tili boʻyicha imtiyozli diplom bilan tamomlagan.[5] Lilani oʻqishni davom ettirdi va 1976-yilda Bombay universitetida Ijtimoiy aloqa media vositalari boʻyicha aspirantura diplomini oldi.

1978-yilda Lilani Buyuk Britaniyaga koʻchib oʻtdi va u yerda Milliy Akademik Mukofotlar Kengashida Menejment boʻyicha diplomni himoya qildi va 1988-yilda esa Marketing Institutida marketing boʻyicha ham darajaga ega boʻldi. Lilani turmush qurgan, ikki nafar oʻgʻli bor.

Lilani oshpazlik faoliyatini 1978-yilda Buyuk Britaniyaga koʻchib kelganida boshlagan; u oʻzining oshpazlik boʻyicha eslatmalari va retseptlarini tuzib bordi, bu yozuvlari esa 2001-yilda nashr etilgan „Zaravorlar sehri: hind oshpazlik sarguzashti“ nomli birinchi kitobiga aylandi va u birinchi kitobini kitob doʻkonlarida oshpazlik namoyishlarini oʻtkazish orqali targʻib qildi.[6] Oʻsha oshpazlik kitobi retseptlardan tashqari yana, Hindistonning ovqatlanish odatlariga davlatning tarixi, madaniyati, geografiyasi va dinining taʼsiri haqida ham maʼlumot berilgan edi. 2009-yilda u „Kriander (ziravor) oʻzgartiradi“ nomli ikkinchi kitobini chiqardi. Lilani Yevropadagi yirik oziq-ovqat kompaniyalari, jumladan Sharwood's[7] bilan rivojlanish boʻyicha maslahatchi sifatida ishlagan va shuningdek Safeway va Tesco tomonidan mijozlarga taqdim etilgan hind oziq-ovqat mahsulotlari boʻyicha maslahatlar bergan.[8]

1999-yilda u Britaniyadagi osiyolik ayollarning yutuqlarini eʼtirof etish uchun har yili oʻtkaziladigan „Asian Women of Achievement Awards“ mukofotiga asos soldi. Sheri Bler QC mukofot homiysi hisoblanadi.[9] Bler, shuningdek, Lilani 2006-yilda Buyuk Britaniyadagi ayollar isteʼdodini namoyon etishiga sharoit yaratish uchun asos solgan „Kelajak ayollari“ mukofotining homiysi hamdir[10].[11][12] 'Kelajak ayollari' jamoasi boʻlajak ayol yetakchilari uchun yillik global sammitni oʻtkazadi va barcha saralangan nomzodlarni maxsus tarmoqqa qoʻshilishga taklif qiladi.[13] Shuningdek, u mukofot gʻoliblarini maktabdagi oltinchi sinf oʻquvchilari bilan biriktirish uchun Elchilar dasturini oʻz ichiga oladi, ushbu dastur A darajasi oʻquvchilarini (aʼlochilar) murabbiylar va namunalar bilan taʼminlaydi.

2007-yilda Lilani Buyuk Britaniyaning yuqori salohiyatli va yuqori natijalarga erishgan ayollar tarmogʻi boʻlgani bilan tanilgan „Kelajak ayollari“ ga asos soldi. Bu loyiha iqtidorli ayollarga birlashish, tajriba almashish va biznes aloqalarini oʻrnatish imkonini beradi.[14]

Ayollarning global va hamkorlikda ishlovchi tarmogʻini yaratish gʻoyasining bir qismi sifatida Lilani 2017-yil iyul oyida Janubi-Sharqiy Osiyoda ham “Kelajak ayollari” mukofot marosimini[15] tashkil qiladi.

Lilani koʻp tarmoqli maslahat va taʼlim yechimlari provayderi boʻlgan 'Global Diversity Practiceʼning va ayollarni faol ravishda targʻib qiluvchi birinchi boshqaruv va qidiruv firmasi Sapphire Partners'ning maslahat kengashlarida ham oʻz oʻrniga ega.[16][17] Lilani Said biznes maktabining ilmiy xodimi va Britaniya Qizil Xoch jamiyatining 'Tiffani Circleʼ elchisi.[18] U, shuningdek, xavfsiz suv bilan taʼminlash uchun Hindistondagi boshlangʻich tashkilotlar bilan hamkorlik qiluvchi Frank Water xayriya tashkilotining homiysi[19]

Berilgan daraja va mukofotlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2006-yilda Lilani CBI 'First Women Awards' mukofotlash marosimida mutloq muvaffaqiyat bilan yutuqqa erishdi.[20] 2012-yilda u 'Indus Entrepreneurs UK Galaʼ mukofot marosimida yilning eng yaxshi tadbirkor ayoli deb topildi.[21]

Lilani 2013-yilda BBC Radio 4 „Ayollar qudrati“ roʻyxatida Buyuk Britaniyadagi 100 ta eng kuchli ayollar roʻyxatiga kiritilgan[22] 2014-yilda u GQ va Tahririyat razvedkasining 100 ta eng koʻp tarmoqlarga ega ayollari roʻyxatiga kiritildi va u London leytenantining oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.[23][24] 2009-yilda Lilani The Times va Emel jurnali tomonidan Britaniyadagi eng qudratli 30 musulmon ayoldan biri deb topildi.[25]

Lilani 2007-yilda xayriya ishlariga qilgan xizmatlari uchun Yangi yil taqdirlash marosimida Britaniya Imperiyasi ordeni (OBE) va biznesdagi ayollarga qilgan xizmatlari uchun 2015-yilda tugʻilgan kun nishonlar marosimida Britaniya Imperiyasi ordeni (CBE) qoʻmondoni etib tayinlangan.[26]

Kitoblar, radio va boshqa mediada koʻrinish berish

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2011-yilda Lilani[27] TEDxMarrakeshda nutq soʻzlab, ilhomlantiruvchi hikoyalar bilan oʻrtoqlashdi, jamiyatimizdagi mehr-oqibatlar mavzusida nutq soʻzladi va koriander qanday oʻzgarishga sabab boʻlishini bombay kartoshkasiga uni sepish orqali namoyish qildi.

2017-yil 8-yanvarda Lilani BBC Radio 4 ning Desert Island Discs dasturida mehmon sifatida tashrif buyurdi va unda,[28] Hindistondagi bolaligi va Buyuk Britaniyada oʻz biznesini qanday boshlagani haqida ma’lumot berdi.

  • Lilani, Pinky. Soul Magic: Inspirational Insights; a Collection of Wisdom to Warm Your Heart and Lift Your Spirits. Purley: Development Dynamics, 2000. ISBN 9780953635405
  • Lilani, Pinky. Coriander Makes the Difference. Purley: Development Dynamics, 2009.
  1. „Woman's Hour Power List, Woman's Hour – Pinky Lilani OBE – BBC Radio 4“. Qaraldi: 22-mart 2017-yil.
  2. „Home“. 27-avgust 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-mart 2017-yil.
  3. „Archived copy“. 14-iyun 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-iyun 2015-yil.
  4. „From an empress to a florist: Five unsung heroines“.
  5. „Woman's Hour Power List, Woman's Hour – Pinky Lilani OBE – BBC Radio 4“. Qaraldi: 22-mart 2017-yil."Woman's Hour Power List, Woman's Hour – Pinky Lilani OBE – BBC Radio 4". Retrieved 22 March 2017.
  6. „Pinky Lilani – Indian Food Specialist – After Dinner Speaker“. Qaraldi: 22-mart 2017-yil.
  7. „Home“. 27-avgust 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-mart 2017-yil."Home" (Wayback Machine saytida 27-avgust 2016-yil sanasida arxivlangan). Retrieved 22 March 2017.
  8. „Pinky Lilani OBE on the Asian Women of Achievement Awards – Womanthology“ (9-aprel 2014-yil). Qaraldi: 22-mart 2017-yil.
  9. „Pinky Lilani – Indian Food Specialist – After Dinner Speaker“. Qaraldi: 22-mart 2017-yil."Pinky Lilani – Indian Food Specialist – After Dinner Speaker". Retrieved 22 March 2017.
  10. Blair. „Cherie Blair“. 13-avgust 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-mart 2017-yil.
  11. „And here to present the next award is... me!“. Qaraldi: 22-mart 2017-yil.
  12. „Woman's Hour Power List, Woman's Hour – Pinky Lilani OBE – BBC Radio 4“. Qaraldi: 22-mart 2017-yil."Woman's Hour Power List, Woman's Hour – Pinky Lilani OBE – BBC Radio 4". Retrieved 22 March 2017.
  13. mentore. „Pinky Lilani OBE DL – Mentors“. 8-noyabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-mart 2017-yil.
  14. „Home“. 27-avgust 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-mart 2017-yil."Home" (Wayback Machine saytida 27-avgust 2016-yil sanasida arxivlangan). Retrieved 22 March 2017.
  15. „Southeast Asia Awards“.
  16. „Advisory Board – Global Diversity Practice“. Qaraldi: 22-mart 2017-yil.
  17. „Sapphire Partners – leaders in diverse professional talent“. 2022-yil 8-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-mart 2017-yil.
  18. „Members of the Tiffany Circle – British Red Cross“. 1-dekabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-mart 2017-yil.
  19. „Patrons, Trustees and Ambassadors“. Qaraldi: 22-mart 2017-yil.
  20. Sullivan. „Achievement awards for businesswomen“ (8-iyun 2006-yil). Qaraldi: 22-mart 2017-yil.[sayt ishlamaydi]
  21. „Indus entrepreneurs hold first awards“. Qaraldi: 22-mart 2017-yil.
  22. „Woman's Hour – The Power List 2013 – BBC Radio 4“. Qaraldi: 22-mart 2017-yil.
  23. GQ. „GQ and Editorial Intelligence's 100 Most Connected Women 2014“ (7-mart 2015-yil). Qaraldi: 22-mart 2017-yil.
  24. „Greater London Lieutenancy“. Qaraldi: 22-mart 2017-yil.
  25. Rose, Hilary. „Meet the 13 most powerful Muslim women in Britain“. Qaraldi: 22-mart 2017-yil.
  26. „Archived copy“. 14-iyun 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-iyun 2015-yil."Archived copy" (PDF). Archived from the original (PDF) on 14 June 2015. Retrieved 12 June 2015.{{cite web}}: CS1 maint: archived copy as title (link)
  27. TEDx Talks. „TEDxMarrakesh – Pinky Lilani – Coriander Makes the Difference“ (10-oktabr 2011-yil). Qaraldi: 22-mart 2017-yil.
  28. „Pinky Lilani, Desert Island Discs – BBC Radio 4“. Qaraldi: 22-mart 2017-yil.