Islom dinining bir boʻlimi Ismoiliylar |
---|
Islom portal |
Pir Sadardin, shuningdek Pir Sadriddin yoki Pīr Ṣadr al-Dīn deb ham tanilgan, oʻn toʻrtinchi asrdagi ismoililik daʼvatchisi boʻlib, Satpanh tariqatiga asos solgan. Barcha dinlarning tolerantligi va sinkretizmni oʻrgangan hamda Islom va Hindizm sinkretizmlariga alohida eʼtibor qaratgan[1][2].
U Pir Shihob ad-Dinning oʻgʻli va merosxoʻri, XIV asrning eng koʻzga koʻringan ismoiliy mualliflaridan biri boʻlgan. U ismoiliy Nizoriy ulamosi Imom Muhammad ibn Islomshohning zamondoshi edi[3]. Forsda tugʻilgan Sadardin keyinchalik Janubiy Osiyoga sayohat qilib, Sindda (hozirgi Pokiston janubida) yashaydi va bu hududda Satpanth tariqatini yoya boshlaydi. Shuningdek, Xojki yozuvini ishlab chiqadi va ginans yoza boshlaydi. Pir Sadardin bir necha asrlar davomida ismoiliylar tomonidan oʻqilgan duolarni yozgan, ular juda uzun va oʻqilishi deyarli yarim soat davom etgan. Uning „Gat Paj Ji Dua“ asari ham dunyoning yaratilish tarixi haqida yozilgan[4].
Pir Sadardinning „Ginanlar“ asari bugungi kunda Alamut va Daylam haqida yozilgan ginanlarning oxirgisi boʻlib, shu vaqtga qadar 1256-yilda Alamut moʻgʻullar qoʻliga oʻtgandan keyin yoʻq qilingan deb hisoblangan ismoiliylarning keyin ham shu hududlarda yashaganligini koʻrsatadi. Ular 14-asrgacha Alamut va Daylam hududlarida yashashgan[5]. U ismoiliylarning Vinod nomli kitobini ham yozgan[6].
U Pokistonning muqaddas Uch Sharif shahridan uncha uzoq boʻlmagan Taranda Muhamad Panah qabristoniga dafn etilgan[7].