„Pure imagination“ – 1971-yilda Willy Wonka & the Chocolate Factory (Willy Wonka va shokolad fabrikasi) filmida kuylangan qoʻshiq. Uni ingliz bastakorlari Leslie Bricusse va Anthony Newley film uchun maxsus yozishgan[1]. U Willi Wonka rolini ijro etgan Gene Wilder tomonidan kuylangan. Bricusse qoʻshiq telefon orqali bir kunda yozilganini aytgan[2]. Qoʻshiqda ogʻzaki tarzda aytilgan kirish soʻzlari mavjud[3].
Chiqarilganidan beri qoʻshiq turli xil sanʼatkorlar tomonidan yuzlab marta kover tarzda qayta kuylangan va remiks koʻrinishlari ishlangan[3]. Asl qoʻshiq birinchi marta chiqarilganda u qadar mashhur boʻlmagan. Filmning oʻzi blokbaster emas edi va saundtrekdagi boshqa qoʻshiqlar bunisiga qaraganda yaxshiroq ijro etilgan. 1980-yillarda film televideniyening takroriy namoyishlarida paydo boʻla boshlagach, film va „Pure Imagination“ qoʻshigʻi mashhur boʻla boshladi[2][4]. Garchi asl qoʻshiq hech qachon chartga kirmagan boʻlsa-da, baʼzi kover versiyalari katta mashxurlikka erishgan[5][4].
2016-yilda Wilderning oʻlimidan bir hafta oʻtgach qoʻshiq tarqalishi va sotuv hajmdagi koʻrsatkichi 1000% dan koʻproqqa koʻtarildi[5]. Qoʻshiq televidenie, radio va ijtimoiy tarmoqlarda Wilderga bagʻishlangan tarzda takror-takror qoʻyildi[4][6]. 2005-yilda suratga olingan Charlie va shokolad fabrikasi remeyk filmi uchun bu qoʻshiq umuman ishlatilmagan boʻlsa-da, qoʻshiq 2023-yilgi „Wonka“ prekvel filmida ham reklama materiallarida, ham filmning oʻzida, Timothée Chalamet tomonidan Wonka rolini ijro etish davomida kuylangan[7].