„Purple Lamborghini“ | ||||
---|---|---|---|---|
Fayl:Purple Lamborghini.jpg | ||||
Skrillex va Rick Ross singli | ||||
„Suicide Squad“ albomidan | ||||
Chiqarilgan sanasi | 22-iyul, 2016-yil | |||
Yozib olingan | 2016-yil | |||
Davomiyligi | 3:35 | |||
Leybl | ||||
Matn muallif(lar)i |
| |||
Prodyuser(lar) |
| |||
Skrillex xronologiyasi | ||||
| ||||
Rick Ross xronologiyasi | ||||
| ||||
Suicide Squad xronologiyasi | ||||
|
„Purple Lamborghini“ (tarjimasi „ Binafsha rangli Lamborghini“) —— amerikalik DJ Skrillex va amerikalik reper Rick Ross birgalikda ijro etgan qoʻshiq. „Purple Lamborghini“ qoʻshigʻi 2016-yik 22-iyulda „Atlantic Records“ va „Owsla“ leybllari tomonida 2016-yilda DC Comicsning „Suicide Squad“ albomi uchun kinofilm saundtreki sifatida chiqarilgan[1]. „Purple Lamborghini“ qoʻshigʻining videosi uchun Jared Leto „The Joker“ filmidagi rolini qayta oʻynagan. „Purple Lamborghini“ qoʻshigʻi 2016-yil dekabr oyidagi „Grammy“ mukofotining „vizual media uchun yozilgan eng yaxshi qoʻshiq“ yoʻnalishida mukofotni qoʻlga kiritgan[2]. „Purple Lamborghini“ qoʻshigʻi „Billboard Hot 100“ roʻyxatida 33-oʻrinni egallagan.
"Purple Lamborghini" qoʻshigʻi Skrillex va Beat Billionaire hamkorligida ishlab chiqarilgan[3]. Qoʻshiqda filmdagi qahramon va motivlarga bir nechta yangi havolalar qoʻshilgan. Masalan, qoʻshiqda Killer Croc, Deadshot va Gotham City haqidagi havolalar mavjud. Bunday havolalar qoʻshilishiga sabab, qoʻshiq nomiga yuqoridagi aktyorlarning film va vidoelari bogʻliqligi sabab boʻlgan. Misol uchun, Joker binafsharang timsoh terisidan tikilgan palto kiyadi, binafsharangdagi qurollardan foydalanadi.
"Purple Lamborghini" qoʻshigʻi haqidagi mulohazalarda „Pitchfork“ quyidagilarni yozgan: „Trek deyarli intuitiv va Rossning ovozi bir muncha kuchliroq yangraydi. Qoʻshiqning bass chastotalari bir muncha past yozilgan.“[4]
2016-yil avgust oyida Skrillex „Purple Lamborghini“ qoʻshigʻining videosini oʻzining You Tube akkountiga joylashtirdi. 2022-yil may oyi holatiga koʻra, „Purple Lamborghini“ qoʻshigʻining videosi You Tubeda 500 milliondan ortiq marotaba koʻrilgan.
„Complex“ nashriga bergan intervyusida Skrillex „Purple Lamborghini“ qoʻshigʻining videosida Jared Letoning "The Joker' filmidagi rolini takrorlashi uning gʻoyasi ekanligini aytgan.
Oʻsha intervyuda Skrillex musiqiy videoniu suratga olish jarayonida Jared Letoning unga qarat axlat toʻla idishni uloqtirganini ham aytib oʻtdi. Leto shuningdek, video suratga olish paytida Skrillexga katta „dildo“ ham sovgʻa qilgan. Letoning Skrillexga bergan sovgʻalari „Suicide Squad“ filmini suratga olish paytidagi boshqa aktyor va jamoa aʼzolariga bergan qoʻpol sovgʻalaridan biri edi (Letoning oldingi sovgʻalaridan baʼzilarining orasida oʻlik choʻchqa ham bor edi)[5].
Skrillex, shuningdek, Vinnie Hobbs va Andrew Leiroslarga musiqa videosini tahrirlash va ishlab chiqarish jarayonida katta yordam berdi.
Qiziq tomoni shundaki, „Purple Lamborghini“ qoʻshigʻi uchun tayyorlangan musiqiy videoda binafsha rangli Lamborghini avtomobili mavjud emas.Chunki Skrillex suratga olish uchun oʻzining lambarghini avtomobilini „Tilley“ and „Atlantic Records“ leybllariga foydalanish uchun bermagan[6].
Chart (2016—2017) | Oʻrin |
---|---|
Avstraliya (ARIA)[7] | 39 |
Avstriya (Ö3 Austria Top 40)[8] | 56 |
Belgiya (Ultratip Flanders)[9] | 36 |
Belgiya (Ultratip Wallonia)[10] | 31 |
Kanada (Canadian Hot 100)[11] | 28 |
Chexiya (Singles Digitál Top 100)[12] | 41 |
Fransiya (SNEP)[13] | 58 |
Olmoniya (Official German Charts)[14] | 85 |
Vengriya (Single Top 40)[15] | 18 |
Irlandiya (IRMA)[16] | 88 |
Italiya (FIMI)[17] | 67 |
Portugaliya (AFP)[18] | 57 |
Shotlandiya (Scottish Singles and Albums Charts)[19] | 41 |
Slovakiya (Singles Digitál Top 100)[20] | 23 |
Birlashgan Qirollik (UK Singles Chart)[21] | 61 |
AQSh (Billboard Hot 100)[22] | 33 |
AQSh (Hot Dance/Electronic Songs)[23] | 6 |
AQSh (Hot Rap Songs)[24] | 7 |
Chart (2016) | Oʻrin |
---|---|
AQSH (US Hot Dance/Electronic Songs (Billboard))[25] | 20 |
Chart (2017) | Oʻrin |
AQSH (US Hot Dance/Electronic Songs (Billboard))[26] | 45 |
{{cite magazine}}
: CS1 maint: date format ()
{{cite magazine}}
: CS1 maint: date format ()