Pyotr Gumennik | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Toʻliq ismi | Pyotr Gumennik |
Davlat | Rossiya |
Yashash joyi | Sankt-Peterburg, Rossiya |
Boʻyi | 184 |
Murabbiyi | Veronika Daineko |
Shaxsiy rekordlari | |
Umumiy natija | 263,14 |
Qisqa dastur | 91,84 |
Erkin dastur | 171,30 |
Pyotr Olegovich Gumennik (2002-yil 11-aprel, Sankt-Peterburg, Rossiya) — yakka holda konkida uchish boʻyicha musobaqalarda qatnashadigan rossiyalik figurali uchuvchi. Rostelecom Cup musobaqasining Gran-pri bosqichi sovrindori (2020), Gran-pri bosqichining bronza medali sovrindori, oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatining bronza medali sohibi (2020), oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri finalining kumush medali sovrindori (2018).
Pyotr 2015-yil avgust oyida oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran pri seriyasida debyut qildi. Rigada (Latviya) oʻtkazilgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichida oltinchi, Torun shahrida (Polsha) oʻtkazilgan musobqada esa toʻrtinchi oʻrinni egalladi. Oʻsha paytda u murabbiylar Aleksey Mishin, Oleg Tataurov va Tatyana Mishina qoʻl ostida figurali uchish boʻyicha shugʻullangan.
Pyort 2019-yil fevral oyida oʻsmirlar oʻrtasidagi Rossiya chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritdi. Oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida qisqa dasturda toʻrtinchi va erkin dasturda oʻn birinchi boʻlib, yakuniy bosqichda oʻninchi oʻrinni egalladi[1].
Pyotr yangi mavsumda Chelyabinskda oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri musobaqasining birinchi bosqichida birinchi oʻrinni egalladi[2]. Italiyada boʻlib oʻtgan ikkinchi bosqichda, ikkinchi oʻrinni egalladi[3]. Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri finalida u unchalik yaxshi natija koʻrsatmadi va beshinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi[4].
Pyotr Gumennik 2020—2021-yilgi mavsumda „kattalar“ darajasida musobaqalarda chiqish qila boshladi. Moskvadagi Rossiya kubogining birinchi bosqichida u bronza medalini qoʻlga kiritdi[5]. Noyabr oyida Rostelecom Cup Gran-pri bosqichida qatnashib, qisqa dasturda Moris Kvitelashvilidan[6] keyin ikkinchi oʻrinni egalladi. Erkin dasturda xatolarga yoʻl qoʻydi va turnir yakunida bronza medalini qoʻlga kiritdi[7]. Moskvadagi Rossiya kubogining ikkinchi bosqichida u oltin medalni qoʻlga kiritdi[8].
Shuningdek, 2021-yil noyabr oyida Pyotr Varshavada boʻlib oʻtgan „Chellenjer“ — Warsaw Cup musobaqaning turkumiga kiruvchi xalqaro turnirida ishtirok etib, 242,91 ball bilan bronza medalini qoʻlga kiritdi[9].
Pyotr Rossiya chempionatida qisqa dasturda chiqish qilganidan soʻng yettinchi oʻrinni egalladi, erkin dasturda esa toʻrtinchi oʻrinni egallab, umumiy hisob bilan beshinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi[10].
Musobaqa[11] | 13/14 | 14/15 | 15/16 | 16/17 | 17/18 | 18/19 | 19/20 | 20/21 | 21/22 |
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Xalqaro | |||||||||
Gran-pri bosqichi: Rostelecom Cup | 3 | ||||||||
Gran-pri bosqichi: Italiya | 8 | ||||||||
Challenger: Denis Ten xotirasi | 1 | ||||||||
Challenger: Warsaw Cup | 2 | 3 | |||||||
Skate Helena | 1 | ||||||||
Milliy | |||||||||
Rossiya chempionati | 7 | 7 | 5 | ||||||
Rossiya kubogi finali | 2 | ||||||||
Oʻsmirlar oʻrtasida Rossiya chempionati | 5 | 6 | 9 | 8 | 2 | 2 | |||
Rossiya chempionati (yoshlar) | 1 | 1 | |||||||
Rossiya kubogi bosqichlari. I bosqich | 7 J. | 3 J. | 3 J. | ||||||
Rossiya kubogi bosqichlari. II bosqich | 2 J. | 3 | |||||||
Rossiya kubogi bosqichlari. III bosqich | 5 J. | 1 J. | |||||||
Rossiya kubogi bosqichlari. IV bosqich | 1 | ||||||||
Rossiya kubogi bosqichlari. V bosqich | 1 | ||||||||
Xalqaro (oʻsmirlar) | |||||||||
Oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionati | 10 | 3 | |||||||
Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri finali | 2 | 5 | |||||||
Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri: Polsha | 4 | ||||||||
Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri: Rossiya | 4 | 1 | |||||||
Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri: Sloveniya | 1 | ||||||||
Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri: Italiya | 2 | ||||||||
Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri: Latviya | 6 | ||||||||
Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri: Estoniya | 5 | ||||||||
Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri: Kanada | 1 | ||||||||
Yoshlar Olimpiya festivali | 1 | ||||||||
Icechallenge | 1 | ||||||||
Volvo Open Cup | 1 | ||||||||
Sportland Trophy | 1 |
J-oʻsmirlar darajasi