Qandahordagi portlash | |
---|---|
Sana | 15-oktyabr 2021-yil |
Hujum turi |
Suidsid bombardimoni |
Halok boʻlganlar | 65 |
Jarohat olganlar |
70+ |
Jinoyatchilar | IS-KP |
2021-yilning 15-oktabr kuni Afgʻonistonning Qandahor shahrida juma namozi vaqtida shia masjidi boʻlmish Fotima masjidi nomi bilan ham tanilgan Imom Bargah masjidida[1] xudkush tomonidan portlash sodir etilib, kamida 65 kishi halok boʻlgan va 70 dan ortiq kishi jarohatlangan[2][3].
Mahalliy vaqt bilan soat 13:00 atrofida masjid darvozasi yaqiniga 4 ta bombardimonchi yetib keladi, ulardan ikkitasi oʻzini portlatib, masjid ichidagi 3000 ga yaqin namozxonlar orasida terror hujumini davom ettirgan sheriklariga yoʻl ochadi keyin yana ikkita bomba ham portlatib yuboriladi[4].
Bu Qunduzdagi shia masjidida 46 kishining umriga zomin boʻlgan Xuroson viloyati – „Islomiy davlat“ boʻyniga olgan portlashdan bir hafta oʻtib sodir boʻlgan edi[5][6]. Hujum ortidan Tolibon hukumati shia masjidlari xavfsizligini taʼminlashga vaʼda bergan[7], shuningdek, qurbonlarning oila aʼzolariga hamdardlik bildirgan va jinoyatchilarni javobgarlikka tortishga vaʼda qilgan[8].
„Islomiy davlat“ – Xuroson viloyatidagi hujum uchun mas’uliyatni oʻz zimmasiga oldi, deya xabar beradi guruhning media boʻyicha masul kishisi Amaq[9].