Qatlamali pitsa (inglizcha: Pizza puff) ― frityurda qovurilgan, yopiq amerika pitsasi boʻlib, pitsa qoʻshimchalari: pishloq, tomat sousi va kolbasa yoki pepperoni kabi boshqa pitsa masalliqlari bilan tayyorlanadi[1]. Qatlamali pitsalar italyan panzerotti va kalzoniga oʻxshaydi, ammo kalzone pishiriladi, qovurilmaydi va har doim ham pizza sousini oʻz ichiga olmaydi.
Qatlamali pitsalar Chikagoga xos boʻlib, ularni koʻplab mahalliy taomlar va arzon restoranlarda topish mumkin[2][3][4][5]. Chikagodagi restoranlarda oldindan tayyolanib muzlatilgan va frityurlarda qovurilgan pitsalarni tez-tez dasturxonga tortiladi. Biroq, baʼzi italyan restoranlari va pitseriyalari boshidan oxirigacha oʻzlarining pitsalarini tayyorlaydilar. Bu pitssalar esa odatda yarim tayyor bir oz kattaroqdir[6][7][8].