Qizilmiyali assorti

Qizilmiyali assorti (fin: Lakritsi) — anʼanaviy ingliz, keyinroq fin oshxonasiga tegishli shirinlik, qizilmiya oʻsimligi asosida turli qoʻshimchalar bilan tayyorlangan konfetlar.

Afsonalarga koʻra, assorti shunday paydo boʻlgan: 1899-yilda Sheffild shahridan yashovchi „Britaniyaning Bassett & Co Ltd“ kompaniyasi sotuvchisi Charli Tompson qoqilib ketadi, u mijozlarga turli shirinliklarni koʻrsatishi kerak boʻlgan va qoqilgan vaqtida namunalar solingan patnisni tushirib yuborgan. Oʻzaro aralashgan turli ranglardagi shirinliklar mijozda yaxshi taassurot qoldirgan, shundan soʻng kompaniya assortini ommaviy ravishda ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻygan[1].

Bugungi kunga kelib, qizilmiyali assorti turli mamlakatlarda bir nechta kompaniyalar tomonidan ishlab chiqariladi, bu turdagi shirinliklarAvstraliya va Skandinaviyada juda mashhur. Masalan, Finlandiyada qizilmiyali assorti ishlab chiqarish Turku shahridagi „Hellas“ kompaniyasi tomonidan 1955-yilda boshlangan[2]. Keyinchalik unga „Malaco“, „Rainbow“ va boshqa kompaniyalar qoʻshilgan. Bugungi kunda qizilmiyali assorti Finlandiyada va Shimoliy Yevropaning koʻplab mamlakatlarida eng koʻp sotiladigan shirinliklardan biri hisoblanadi[3].

Avstraliyada regbilig boʻyicha „Penrit Panterz“ jamoasiga „Qizilmiyali assorti“ deb laqab berilgan, bu 1990-yillarda jamoa oʻyinchilari kiygan liboslar rangiga ishora qiladi.

Qizilmiyali assorti

Assortining oʻziga xos jihati — shirinliklar shakli hisoblanadi. Ularning aksariyati Rossiyaning bir necha qatlamli marmeladini yodga soladi, ammo bu holda qizilmiya qatlamlarining ranglari turfa taʼmli qatlamlar bilan kesishadi. Assorti tarkibiga kiritilgan konfetlarning yana bir turi — oʻrta qismi qizilmiyali va tashqi qatlami mevali „ruletchalardir“.

Qizilmiyaning taʼmi hammaga ham yoqmasligi sababli, ishlab chiqaruvchilar, shu jumladan „Bassett & Co Ltd“ ham vaqti-vaqti bilan assortini qizilmiya qoʻshmasdan tayyorlash boʻyicha tajriba oʻtkazgan. Ushbu mahsulot ham qizilmiya shirinliklariga xos koʻrinish va bir qarashda parodoksal boʻlgan nomini ham saqlab qolgan.

„Bassett“ kompaniyasining timsoli — qizilmiyali konfetlardan jamlangan odamcha — Berti Bassett boʻlib, u Britaniya ommaviy madaniyatining bir qismiga aylangan, xususan, „Doctor Who“ seriali ijodkorlari „Baxt patruli“ epizodida[4][5] ishtirok etgan qizilmiyali yovuz kimsa — Kendimen obrazini yaratishda shirinlikdan ilhomlanganlar.

  1. „Nielsen, Jasmina: Herkkujen historiaa: mistä suosikkimakeisten juuret juontavat Historia. 1.8.2017.“. 2021-yil 3-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 3-avgust.
  2. „Englanninlakritsi 1956“. 2021-yil 3-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 3-avgust.
  3. Yhdellä makeisella huippusuosio tax freessä — ostatko sinäkin joka kerta? MTV. 16.6.2016, 2016-06-18da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2016-06-18 {{citation}}: no-break space character in |title= at position 44 (yordam)
  4. „Sullivan, Shannon The Happiness Patrol. A Brief History of Time Travel (7 августа 2007)“. 2016-yil 13-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 3-avgust.
  5. Shaun Lyon. The Happiness Patrol. Outpost Gallifrey