Qovurdoq tayyorlash jarayoni |
Qovurdoq — goʻsht, kartoshka, tuxum, guruch va boshqalardan tayyorlanadigan taom. Qizigan yogʻda oʻrtacha kattalikdagi kartoshkani 2 ga boʻlib qizartirib qovurib olib qoʻyiladi. Goʻsht qovuriladi, soʻngra qovurilgan kartoshka, piyoz, zira, tuz aralashtirilib qovurish davom ettiriladi. Qovurma ustiga guruch aralashtirilgan qiymadan tayyorlangan doʻlmalar terib ozroq qaynoq suv quyilib, dimlab qoʻyiladi. Alohida idishda tuxumlar bittalab chalaroq qovurib olinadi. Dasturxonga goʻsht, kartoshka, doʻlma, tuxum qoʻyib koʻkatlar sepib tortiladi. Bu taom asosan, kuyov yoʻqlar, chaqaloqni yoʻqlash, beshik toʻyi va boshqa marosimlarda tayyorlanadi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |