630-yil avgustida (hijriy 9-yil) Islom paygʻambari MuhammadQutba ibn Amrni Xasam qabilasiga qarshi hujum uyushtirish uchun yuborgan. Qutba ibn Amr 10 ta tuyada 20 kishi bilan birga qabila tomon yoʻl olgan. Askarlar aholi uxlab yotganlarida ularning ustiga bostirib, qabilaning koʻplab vakillarini oʻldirgan[11]. Oʻz navbatida Xasam ham musulmonlarga qarshilik koʻrsatgan. Ikki tomondan ham juda koʻp odam halok boʻlgan.
Musulmon jangchilari raqibning koʻp sonli tuya va echkilarini oʻzlariga oʻlja sifatida olganlar, shuningdek, bir qancha ayollarni ham asirga olishgan va Madinaga qaytganlar[12][13].
Islomiy manbalariga koʻra, Xasam qabilasi aholisi ushbu voqeadan keyin yana toʻplanib, musulmonlarga qarshi chiqishgan, biroq hududda sodir boʻlgan suv toshqini tufayli musulmonlar qochishga muvaffaq boʻlishgan[14].