RAF Knettishall – Suffolkdagi sobiq Ikkinchi Jahon urushi aerodromi boʻlgan. Urush paytida Amerika Qoʻshma Shtatlari armiyasining havo kuchlari unga 136 raqamini berishgan, 1943-1945-yillarda sakkizinchi havo kuchlarining 388-bombardimon guruhi shu yerda joylashgan[1]. Urush tugaganidan keyin Qirollik havo kuchlari ehtiyojlari uchun aerodrom ortiqcha deb topilgab va 1957-yilda aerodrom yopilgan. Uchish-qoʻnish yoʻlaklari va binolarning aksariyati 1960-yillarning oxiriga kelib buzib tashlangan boʻlsada, 2000-yilga kelib ularning baʼzilari hali ham vayrona holda saqlanib qolgan[2]. Aerodromning oʻzi hozirgi kungacha yengil aviatsiya samolyotlari uchun cheklangan miqdorda foydalanishda qolmoqda[3].