Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Rakish Philip Bingham | ||
Tavallud sanasi | 25-oktyabr 1993-yil | ||
Tavallud joyi | Newham, London, Angliya | ||
Ampluasi | hujumchi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Ebbsfleet United | ||
Raqami | 9 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
Wigan Athletic | |||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2012—2014 | Wigan Athletic | 0 | (0) |
2013 | → Falkirk (ijara) | 11 | (0) |
2014—2015 | Mansfield Town | 28 | (6) |
2015 | → Hartlepool United (ijara) | 5 | (1) |
2015—2016 | Hartlepool United | 31 | (4) |
2016—2019 | Hamilton Academical | 81 | (11) |
2019 | Cheltenham Town | 10 | (0) |
2019—2020 | Doncaster Rovers | 8 | (1) |
2020 | Dundee United | 5 | (0) |
2020 | Ebbsfleet United | 36 | (16) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2022-yil 27-yanvar 19:31 (utc) uchun) |
Rakish Phillip Bingham (talaffuzi: Rakish Filip Binghem) (1993-yil 25-oktyabrda tugʻilgan) — angliyalik futbolchi. Rakish Bingham Milliy liga vakili „Ebbsfleet United“ futbol klubida hujumchi sifatida oʻynaydi.
Rakish Bingham futbolchilik faoliyati davomida „Wigan Athletic“, „Falkirk“, „Mansfield Town“, „Hartlepool United“, „Cheltenham Town“, „Doncaster Rovers“ „Hamilton Academical“ va „Dundee United“ futbol klublarida oʻynagan.
Rakish Bingham 2010-yilda „Wigan Athletic“ futbol klubining 18 yoshgacha boʻlgan futbolchilar jamoasiga qoʻshilgan. Bu jamoa tarkibida Rakish Bingham birinchi marta 2011-yilning aprel oyida zaxiradan maydonga tushib, maydonda futbol oʻynagan. Rakish Bingham lub bilan birinchi professional shartnomasini 2011—2012-yilgi mavsum oxirida imzolagan[1]. Tez orada Rakish Binghamga „Manchester City“, "Newcastle United" va „Fulham“ kabi Angliya Premer-ligasi klublari qiziqish bildirishdi[2].
2013-yilning 27-avgustida Rakish Bingham Shotlandiya chempionati vakili „Falkirk“ futbol klubi tarkibiga yil oxirigacha ijara shartnomasi asosida qoʻshildi[3]. Rakish Bingham klub bilan mavsumda 13 ta oʻyin oʻtkazdi[4].
2014-yilning 31-avgustida Rakish Bingham „Wigan“ futbol klubini tark etgandan soʻng bepul transfer orqali „Mansfield Town“ futbol klubi tarkibiga qoʻshildi[5].
Rakish Bingham 2014-yil 6-sentyabrda „Mansfield Town“ klubidagi ilk oʻyinini „Exeter City“ futbol klubiga qarshi uchrashuvda oʻtkazdi. Bu oʻyinda Rakish Bingham oʻyinning 14-daqiqasida jamoasi uchun raqib darvozasiga gol urishga muvaffaq boʻldi (1:2)[6].
„Hartlepool United“ futbol klubi bilan ijara davridan qaytganidan soʻng, Rakish Bingham mavsumdagi toʻrtinchi golini „Luton Town“ klubi ustidan 1:0 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda kiritishga muvaffaq boʻldi[7]. Rakish Bingham shuningdek, „Wimbledon“[8] va „Cambridge United“ futbol klublariga qarshi oʻyinlarad ham gollar kiritdi[9]. Oʻzining birinchi mavsumida Rakish Bingham ligada 28 ta oʻyin oʻtkazib, klub uchun 6 bor gol urdi.
2015-yilning 2-yanvarida menejer Adam Murray Rakish Binghamni mavsum oxirigacha „Hartlepool United“ futbol klubiga oʻtish uchun ijaraga berishga rozi boʻldi[10]. Murabbiy Murray oʻz qarorini tushuntirib, ijara Rakish Binghamga yangi jamoa safida asosiy tarkibda maydonga tushish va toʻliq vaqt maydonga harakatlanish imkonini berishini aytdi[11]. 2015-yilning 2-fevralida klub bilan beshta oʻyinda bir marta gol urgan Rakish Binghamni „Mansfield“ futbol klubi chaqirib oldi[12].
Rakish Bingham 2016-yilning avgustida „Hamilton Academical“ futbol klubi bilan shartnoma imzolagan[13]. 2016-yilning 9-noyabrida Rakish Bingham shartnomani uzaytirdi va bu shartnoma Rakish Binghamni „Hamilton“ klubi safida 2018-yilning mayigacha qoldirdi[14]. 2017-yilning noyabrida Rakish Bingham shartnomasini yana bir yilga uzaytirdi va bu shartnoma Rakish Binghamni klubda 2019-yilning mayigacha qoldirdi[15]. Rakish Bingham 2019-yilning yanvarida „Hemilton“ klubini tark etdi[16].
Rakish Bingham 2019-yil 31-yanvarda „Cheltenham Town“ futbol klubi bilan qisqa muddatli shartnoma imzoladi[17].
2018—2019-yilgi mavsum oxirida „Cheltenham Town“ klubini tark etganidan keyin Rakish Bingham 2019-yilning noyabr oyida Birinchi liga vakili „Doncaster Rovers“ futbol klubi bilan shartnoma imzoladi[18]. Rakish Bingham 2020-yilning yanvarida shartnoma muddati tugaganidan keyin, klubni tark etdi[19].
2019-yil 6-fevral kuni Rakish Bingham "Dundee United' futbol klubi bilan 2019—2020-yilgi mavsum oxirigacha shartnoma imzoladi[20]. 2020-yilning may oyida va shartnoma muddati tugaganidan keyin yozda klubni tark etadigan sakkiz futbolchidan biri boʻlishi eʼlon qilindi[21].
2020-yil 3-sentyabrda Rakish Bingham Milliy Liga vakili „Ebbsfleet United“ futbol klubi bilan shartnoma imzoladi[22].
Klub | Mavsum | Liga | Milliy kubuk | Liga kubugi | Boshqa | Jami | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Diviziya | Oʻyinlar soni | Gollar soni | Oʻyinlar soni | Gollar soni | Oʻyinlar soni | Gollar soni | Oʻyinlar soni | Gollar soni | Oʻyinlar soni | Gollar soni | ||
Wigan Athletic | 2013—2014[23] | Championship | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 |
Falkirk (ijara) | 2013—2014 | Shotlandiya chempionati | 11 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 | 1 | 0 | 13 | 0 |
Mansfield Town | 2014—2015[24] | Ikkinchi Liga | 28 | 6 | 4 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 32 | 7 |
Hartlepool United (ijara) | 2014—2015[24] | Ikkinchi Liga | 5 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 5 | 1 |
Hartlepool United | 2015—2016[25] | Ikkinchi Liga | 31 | 4 | 4 | 0 | 2 | 0 | 1 | 0 | 38 | 4 |
Hamilton Academical | 2016—2017[26] | Shotlandiya Premer-ligasi | 30 | 5 | 4 | 2 | 0 | 0 | 2 | 0 | 36 | 7 |
2017—2018[27] | 32 | 5 | 1 | 0 | 5 | 1 | — | 38 | 6 | |||
2018—2019[28] | 2 | 0 | 0 | 0 | 4 | 2 | - | 6 | 2 | |||
Jami | 64 | 10 | 5 | 2 | 9 | 3 | 2 | 0 | 80 | 15 | ||
Cheltenham Town | 2018—2019[28] | Ikkinchi Liga | 10 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 10 | 0 |
Doncaster Rovers | 2019—2020[29] | Birinchi Liga | 8 | 1 | 3 | 1 | 0 | 0 | 1 | 0 | 12 | 2 |
Dundee United | 2019—2020[29] | Shotlandiya chempionati | 5 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 5 | 0 |
Ebbsfleet United | 2020—2021 | Milliy Liga | 18 | 9 | 0 | 0 | 0 | 0 | 2 | 2 | 20 | 11 |
2021—2022 | 18 | 7 | 2 | 1 | 0 | 0 | 1 | 1 | 21 | 9 | ||
Jami | 36 | 16 | 2 | 1 | 0 | 0 | 3 | 3 | 41 | 20 | ||
Jami | 198 | 38 | 18 | 5 | 12 | 3 | 8 | 3 | 236 | 49 |