Ramil’ | |
---|---|
Ramil’ 2021-yilda | |
Umumiy maʼlumot | |
Tavalludi |
Рамиль Александрович Алимов 1-fevral 2000-yil |
Janrlar | pop |
Kasbi | qoʻshiqchi |
Faoliyat yillari | 2018-hozirgacha |
Leybllar | Sony Music Intertainment |
Fuqaroligi | Rossiya |
Veb-sayt | https://www.ramilmusic.com/ |
Ramil Aleksandrovich Alimov (tatarcha: Рамиль Александр улы Алимов; 2000-yil 1-fevral, Nijniy Novgorod, Rossiya), Ramil taxallusi bilan mashhur – rossiyalik qoʻshiqchi va qoʻshiq muallifi. U 2019-yilda „Xochesh so mnoy“ singli va shu nomdagi albomini chiqargandan soʻng mashhurlikka erishadi. Uning „Vsya takaya v belom“ qoʻshigʻi VKontakte ijtimoiy tarmogʻida birinchi oʻrinni egalladi[1].
2020-yilda Ramil „Siyay“ singlini chiqardi, u MDH mamlakatlari chartlarida yetakchi oʻrinni egalladi[2][3].
Alimov Ramil Aleksandrovich 2000-yil 1-fevralda Nijniy Novgorodda tugʻilgan, tatar va rus millatiga mansub boʻlib, nasroniylikni oʻz dini sifatida tanlagan. Ota-onasi Ramil 8 oylik boʻlganida ajrashishgan. 14 yoshigacha onasi, buvisi va bobosi bilan yashagan[4].
Nijniy Novgoroddagi 172-maktabda tahsil olgan; musiqa maktabiga pianino kursiga borgan[5].
Maktab oʻquvchisi sifatida Ramil boks va aralash yakkakurashlar bilan shugʻullangan[6].
Treklarni yozish paytida Ramil koʻpincha hayotida sodir boʻlgan vaziyatlarni tasvirlaydi[7]. Dastlab qoʻshiqchi oʻz ijodini faqat Instagramda baham koʻrdi, keyin unga musiqachi va prodyuser Ishxan Avakyan (Xanza) hamkorlik qilishni taklif qildi[8].
2019-yilda Ramil oʻzining debyut singli „Xochesh so mnoy“ ni chiqardi, buning natijasida u mashhurlikka erishdi va uch oy oʻtgach, xuddi shu nomdagi birinchi studiyaviy albomi chiqdi.
2020-yil 10-iyulda Ramil Milliy fonografik prodyuserlar federatsiyasi (NFPF) tomonidan 2 hafta ichida ikki marta Platina disk sertifikatini olgan „Siyay“ singlini chiqardi, bu mamlakat uchun rekord boʻldi[9]. Ikki oy oʻtgach, qoʻshiq uchun videoklip chiqdi[10][11][12].