Ravshaniylar harakati — Boburiylar davlatidagi afgʻonlarning diniy qarshilik harakati (taxminan 1560 — 1638). Uni musulmonlarning ravshaniy degan mazhabi boshqargan (mazhab nomi uning asoschisi Boyazid Ansoriyning laqabi — Pir Ravshandan olingan). Katta qiyinchilik bilan bostirilgan. Ravshaniylar harakati boburiylarning harbiy qudratiga putur yetkazgan, afgʻon davlati taraqqiyotiga katta taʼsir koʻrsatgan va afgʻonlarning etnik jihatdan jipslashuviga yordam bergan.[1]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |