Rebecca Alexander | |
---|---|
Tavalludi |
Rebecca Ann Alexander 4-fevral 1979-yil |
Fuqaroligi | AQSh |
Kasbi | Psixoterapevt, muallif, fitnes instruktor, nogironlik huquqlari himoyachisi |
Veb-sayti | rebalexander.com |
Rebecca Ann Alexander (1979-yil 4-fevralda tugʻilgan) — amerikalik psixoterapevt va yozuvchi. Usher sindromi tufayli koʻr boʻlib qolgan Alexander 2014-yilda koʻrish qobiliyati yomonlashgani, shuningdek, Kilimanjaro togʻi choʻqqisiga chiqish kabi ekstremal sportchi sifatida erishgan jasoratlari haqida esdalik yozgan. U 2016-yilda Amerika koʻzi ojizlar jamgʻarmasi tomonidan Helen Keller mukofotiga sazovor boʻlgan.
Rebecca Ann Alexander 1979-yilning 4-fevralda Kaliforniyaning Oakland shahrida yahudiylar oilasi hisoblanmish Terry Pink Alexander va advokat David Alexanderning oilasida tug‘ilgan[1][2] Uning ikki nafar akasi bor. Ularning biri Daniel boʻlsa, boshqasi Peter Alexander (jurnalist; NBC News va Oq uy muxbiri)[3].
Alexanderga oʻn ikki yoshida retinit pigmentozasi — koʻrish qobiliyatini yoʻqotish tashxisi qoʻyilgan[3]. U maktabda futbol sport turi boʻyicha Makkabiylar oʻyinlarida qatnashgan. Shuningdek, Oaklandda boʻlib oʻtgan Temple Sinai turnirida qatnashgan[2]. Oʻn sakkiz yoshida, ikkinchi qavat derazasidan yiqilib, bir necha oy davomida reabilitatsiyaga olingan. Ushbu voqea ortidan uning kollejga kirishini bir qancha muddatga kechiktirilgan[2]. Alexande kollejda oʻqishni boshlaganida tinnitus kasalligini boshdan kechira boshlaydi. Yigirma yoshida unga doktorlar tomonidan Usher sindromining III tur tashxisi qoʻyiladi[3][4].
Alexander Michigan universitetida bakalavr darajasini va Kolumbiya universitetida ijtimoiy mehnat va sogʻliqni saqlash sohasi boʻyicha ikki marotaba magistrlik darajasini qoʻlga kiritgan[5].
Alexanderning Not Fade Away: A Memoir of Senses Lost and Found (So‘nmas : Yo‘qolgan va topilgan hislar xotirasi) nomli xotira kitobi Sasha Alper bilan birgalikda yozilgan va 2014-yilda nashr etilgan[6]. U oʻz kitobini targʻib qilish uchun Today, Morning Joe va boshqa shoularda koʻrinish beradi[7][8]. 2019-yilda Lindsey Ferrentino (ssenariy muallifi) John Krasinski (prodyuser), David O. Russell hamda Emily Blunt rol ijro etgan Not Fade Away nomli film suratga olinayotgani haqida xabar berilgan edi[9].
The New York Times gazetasidagi kitob sharhida Alexander qanday qilib marafonlarda hamda bir haftalik xayriya velosportlarida qatnashib, „oʻzini mashaqqatli jismoniy jasoratlarga undagani“ tasvirlangan[10]. Uning sayohatlari orasida Inka izidan Machu Pikchugacha, Alkatraz orolidan San-Fransiskodagi suv parkigacha boʻlgan 1,5 milya sovuq okean suvida suzish va Kilimanjaro togʻiga chiqish kabilar mavjud[10][11][12]. U, shuningdek, New Yorkdagi sport zalida spinning va yuqori intensiv mashgʻulotlardan dars beradi[2].
Alexander 2019-yilda Ali Stroker tomonidan kar va zaif eshituvchi odamlarning hikoyalarini yoritish uchun yaratilgan Silent No More (Endi jimlik yoʻq) sayyohlik spektaklining ijrochilaridan biri boʻlgan[9].
U bir nechta mukofotlarga sazovor boʻlgan, jumladan 2016-yilda Amerika Koʻzi ojizlar jamgʻarmasining Helen Keller mukofotiga, 2017-yilda Nogironlik huquqlari himoyachilari tomonidan Eagle mukofotiga va 2017-yilda Michigan Universitetining Bicentennial Alumni mukofoti kabi sovrinlarini qoʻlga kiritgan[13]. 2018-yilda Usher sindromi haqida xabardorlikni oshirish maqsadida Boston Red Sox oʻyinida birinchi marta tantanali ravishda koʻrinish bergan[3].