Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Tavallud sanasi | 22-fevral 1995-yil | ||
Tavallud joyi | Shillong, Meghalaya | ||
Boʻyi | 1.67 m (5 ft 5 1⁄2 in) | ||
Ampluasi | Yarim himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | FC Goa | ||
Raqami | 22 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
2009–2013 | Shillong Lajong FC | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2013–2018 | Shillong Lajong FC | 46 | (3) |
2014 | → NorthEast United | 1 | (0) |
2018–2020 | NorthEast United | 35 | (4) |
2020– | Goa | 11 | (1) |
2022 | → Odisha | 8 | (1) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (6-mart uchun) |
Redeem Tlang (talaffuzi: Redim Tlang) (1995-yil 22-fevralda tug'ilgan) - hind professional futbolchisi, Hindiston Superligasida Goa jamoasi uchun va Hindiston milliy terma jamoasida qanot yarim himoyachisi sifatida o`ynaydi.
Shillong Lajong yoshlar akademiyasining mahsuli bo'lgan hujumchi Tlang 2013-yilda Shillong birinchi divizion ligasida mashhurlikka erishdi[1]. Redeem Tlang 2013-yil 28-oktabrda Neru stadionida Churchill Brothers jamoasiga qarshi o`yinda I-ligada Shillong Lajong uchun professional debyut qildi. Unda u 78-daqiqada Seyxoxau Tuboining o'rniga maydonga tushdi. Shillong Lajong o'yinda 2:2 hisobida durang o'ynadi[2]. Redeem Tlang 2014-yilgi Federatsiya kubogida Salgaocarni 4:0 hisobida mag'lub etgan o'yinda Lajong uchun birinchi katta jamoa golini kiritdi.
Tlang yoshlik yillarini hisobga olgan holda klubda jami 9 yil o'tkazdi.
Tlang Hindiston Superligasining ilk mavsumi uchun Shillong Lajongdan Northeast Unitedga ijaraga berildi. Redeem Tlang Chennaiyinga qarshi 3:0 hisobida g'alaba qozongan o'yinda zaxiradan maydonga tushib, birinchi mavsumda faqat bir marta maydonda shu o`yinda o`ynagan.
Keyin Tlang 2018-19 Hindiston Superligasidan boshlab doimiy ravishda NorthEast Unitedga qo'shiladi. Redeem Tlang Hindiston Superligasidagi ilk golini Bengaluruga qarshi o‘yinda (2:1) kiritdi[3]. Redeem Tlang mavsum davomida muntazam o'ynab, qanotda 19 ta o'yinda maydonga tushdi[4].
U 2019-20-yilgi mavsumdagi birinchi golini yangi tashkil etilgan Odishaga qarshi o'yinda, jamoasining 2:1 hisobidagi g'alabasida kiritdi[5]. Uning mavsumdagi ikkinchi goli 2019-yilning[6] 1-noyabrida Goa darvozasiga jarima maydonchasi chetidan kiritildi.
Klub | Mavsum | Liga | Kubok | AFC | Jami | |||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Diviziya | O`yinlar | Gollar | O`yinlar | Gollar | O`yinlar | Gollar | O`yinlar | Gollar | ||
Shillong Lajong | 2013-yil | I-liga | 9 | 0 | 3 [izoh 1] | 1 | - | 12 | 1 | |
North East United | 2014-yil | Hindiston Superligasi | 1 | 0 | 0 | 0 | - | 1 | 0 | |
Shillong Lajong | 2014–2015 | I-liga | 1 | 0 | 4 [izoh 1] | 0 | - | 5 | 0 | |
2015–2016 | 5 | 0 | 0 | 0 | - | 5 | 0 | |||
2016–2017 | 16 | 1 | 3 [izoh 1] | 1 | - | 19 | 2 | |||
2017–2018 | 15 | 2 | 0 | 0 | - | 15 | 2 | |||
North East United | 2018–2019 | Hindiston Superligasi | 19 | 1 | 0 | 0 | - | 19 | 1 | |
2019–2020 | 16 | 3 | 0 | 0 | - | 16 | 3 | |||
Goa | 2020–2021 | 10 | 1 | 0 | 0 | 3 [izoh 2] | 0 | 13 | 1 | |
2021–2022 | 1 | 0 | 5 [izoh 3] | 1 | - | 6 | 1 | |||
Odisha | 2022–2023 | 8 | 1 | 0 | 0 | - | 8 | 1 | ||
Karyera jami | 101 | 9 | 15 | 3 | 3 | 0 | 119 | 12 |