Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Renato de Araújo Chaves Júnior | ||
Tavallud sanasi | 4-may 1990-yil | ||
Tavallud joyi | São Paulo, Braziliya | ||
Boʻyi | 1.85 m (6 ft 1 in) | ||
Ampluasi | markaziy himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Yuventud | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
1998—2009 | Corinthians | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2009—2012 | Corinthians | 7 | (1) |
2010 | → Bahia (loan) | 0 | (0) |
2011 | → Figueirense (loan) | 6 | (3) |
2011 | → Portuguesa (loan) | 19 | (1) |
2012 | Portuguesa | 18 | (1) |
2012—2014 | Atlético Paranaense | 2 | (0) |
2014 | → Náutico (loan) | 20 | (1) |
2015 | Ponte Preta | 35 | (3) |
2016—2018 | Fluminense | 56 | (3) |
2018—2020 | Al-Wehda | 53 | (5) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (16-dekabr uchun) |
Renato de Araújo Chaves Júnior (1990-yil 4-mayda tugʻilgan), Renato Chaves yoki oddiygina Renato nomi bilan tanilgan, braziliyalik professional futbolchi“ Yuventuda”da markaziy himoyachi sifatida oʻynaydi.
San-Pauluda tugʻilgan Renato 2001-yilda 11-yoshida „ Korintians“ yoshlar jamoasiga qoʻshilgan.[1] 2008-yilning fevralida, oʻtgan yillardagi San-Paulu de Futebol Junior kubogida ajoyib taassurot qoldirganidan soʻng, u asosiy tarkibga koʻtarildi.[2]
Renato oʻzining birinchi jamoasi va A Seriyadagi debyutini 2009-yilning 10-mayida oʻz uyida „Internasional“ga qarshi oʻyinda (0:1) nishonlagan.[3] U professional futboldagi birinchi golini oy oxirida kiritdi, ammo safarda „Santos“ga qarshi oʻyinda magʻlubiyatga uchradi (1:3).[4]
2010-yilning 16-avgustida Renato yil oxirigacha „Bahia“ga ijaraga berildi.[5] Moslasha olmaganidan soʻng, u bir necha oy oʻtib oʻz klubiga qaytdi va 29-dekabrda bir yillik ijara shartnomasi asosida „Figeyrense“ga koʻchib oʻtdi.[6]
2011-yilning 2-iyunida, kam oʻyin amaliyoti tufayli, Renato vaqtinchalik shartnoma asosida B Seriya klubi Portuguesa jamoasiga oʻtdi.[7] U yuqori darajaga koʻtarilgandan soʻng, 2011-yil dekabr oyida Lusa tomonidan doimiy ravishda imzolangan.[8]
2012-yil iyul oyida Renato Atletiko Paranaensega qoʻshildi va ikkinchi divizionga qaytdi.[9] U oʻzining yangi jamoasi uchun faqat zaxira variant edi va hatto zaxira oʻrindigʻini egallash uchun ham kurash olib bordi.
2014-yil fevral oyida Renato asosiy jamoa tarkibiga kiritilishi kerakligini aytib, yilgi Campeonato Paranaenseda 23 yoshgacha boʻlganlar bilan oʻynashdan bosh tortdi. Shu sabab u jazo tariqasi asosiy klubdan yanada koʻproq chetlashtirildi.[10]
2014-yilning iyulida, bor-yoʻgʻi toʻrtta oʻyinda maydonga tushganidan soʻng, Renato ikkinchi diviziondagi „Nautiko“ ga, yil oxirigacha ijaraga berildi.[11]
Muntazam ravishda oʻyin amoliyotiga ega boʻlgandan soʻng, Renato 2014-yil dekabr oyida, Furakao bilan shartnomasi tugagach „Ponte Preta“ga oʻtdi.[12] 2015-yilning 20-oktabr kuni Braziliyada asosiy tarkibda maydonga tushganidan keyin u shartnomasini yana ikki yilga uzaytirdi[13]
2016-yilning 13-yanvarida Renato yuqori liga ishtirokchisi Fluminense bilan ham uch yillik shartnoma imzoladi.[14] Oʻzining birinchi yilida u asosan Gum va Henrike uchun oʻrinbosar sifatida boʻldi.
2018-yilning 4-avgustida Renato oʻz faoliyatida ilk bor xorijga koʻchib oʻtdi va „Al-Vehda“da koʻplab vatandoshlari safiga qoʻshildi.[15] U darhol oʻzining yangi klubida asosiy tarkib oʻyinchisiga aylandi.
2020-yilning 5-oktabrda Renato Saudiya Arabistoni Professional Ligasi vakili Al-Batin bilan ikki yillik shartnoma imzoladi.[16]
2022-yilning 28-iyulida Renato “Yuventuda”ga erkin agent sifatida kelib qoʻshildi.[17]
Klub | Mavsum | Liga | Milliy birinchilik | Kubok | Kontinental | Boshqa | Jami | |||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Diviziya | Isht | Gollar | Isht | Gollari | Isht | Gollari | Isht | Gollar | Isht | Gollar | Isht | Gollari | ||
Corinthians | 2009 | A seriya | 7 | 1 | — | — | — | — | 7 | 1 | ||||
2010 | 0 | 0 | 0 | 0 | — | — | — | 0 | 0 | |||||
Jami | 7 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | — | — | 7 | 1 | ||||
Figueirense | 2011 | A seriya | 0 | 0 | 6 | 3 | — | — | — | 6 | 3 | |||
Portuguesa | 2011 | B seriya | 19 | 1 | — | — | — | — | 19 | 1 | ||||
2012 | A seriya | 2 | 0 | 16 | 1 | 5 | 0 | — | — | 23 | 1 | |||
Jami | 21 | 1 | 16 | 1 | 5 | 0 | — | — | 42 | 2 | ||||
Atlético Paranaense | 2012 | B seriya | 0 | 0 | — | — | — | — | 0 | 0 | ||||
2013 | A seria | 0 | 0 | 0 | 0 | 2 | 0 | — | — | 2 | 0 | |||
2014 | 0 | 0 | 2 | 0 | 0 | 0 | — | — | 2 | 0 | ||||
Jami | 0 | 0 | 2 | 0 | 2 | 0 | — | — | 4 | 0 | ||||
Náutico | 2014 | B seriya | 20 | 1 | — | — | — | — | 20 | 1 | ||||
Ponte Preta | 2015 | A seriya | 29 | 2 | 6 | 1 | 5 | 0 | 0 | 0 | — | 40 | 3 | |
Fluminense | 2016 | A seria | 3 | 1 | 5 | 0 | 1 | 0 | — | 1[lower-alpha 1] | 0 | 10 | 1 | |
2017 | 14 | 1 | 10 | 1 | 5 | 1 | 5[lower-alpha 2] | 2 | 2[lower-alpha 1] | 0 | 36 | 5 | ||
2018 | 10 | 0 | 12 | 0 | 3 | 1 | 2[lower-alpha 2] | 0 | — | 27 | 1 | |||
Jami | 27 | 2 | 27 | 1 | 9 | 2 | 7 | 2 | 3 | 0 | 73 | 9 | ||
Al-Wehda | 2018–19 | Saudiya Professional ligasi | 28 | 2 | — | 4 | 1 | — | — | 32 | 3 | |||
2019–20 | 25 | 3 | — | 4 | 0 | — | — | 29 | 3 | |||||
Jami | 53 | 5 | — | 8 | 1 | — | — | 61 | 6 | |||||
Al-Batin | 2020–21 | Saudiya Professional Ligasi | 23 | 1 | — | 2 | 1 | — | — | 25 | 2 | |||
2021–22 | 29 | 1 | — | 2 | 0 | — | — | 31 | 1 | |||||
Jami | 52 | 2 | — | 4 | 1 | — | — | 56 | 3 | |||||
Karerasidagi umumiy | 209 | 14 | 57 | 6 | 33 | 4 | 7 | 2 | 3 | 0 | 309 | 26 |