Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Rodrigo Martins Gomes | ||
Tavallud sanasi | 7-iyul 2003-yil | ||
Tavallud joyi | Povoa de Varzim, Portugaliya | ||
Boʻyi | 1.74 m | ||
Ampluasi | Qanot himoyachisi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Wolverhampton Wanderers | ||
Raqami | 19 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
2011–2012 | Póvoa Lanhoso | ||
2012–2014 | Prozis Academy | ||
2014–2020 | Braga | ||
2016–2017 | → Palmeiras Braga (ijara asosida) |
Rodrigo Martins Gomes (2003-yil 7-iyulda tugʻilgan) – portugaliyalik futbolchi, qanot himoyachisi. Angliyaning Wolverhampton klubi va Portugaliya terma jamoasi sharafini himoya qiladi.
Póvoa de Varzim shahrida tugʻilgan. Braga akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2020-yil 3-oktyabr kuni Tondela klubiga qarshi oʻyinda (4:0) Fransérgio oʻrniga maydonga tushgan[1]. 14-dekabr kuni Braga Portugaliya kubogining toʻrtinchi raundida Olímpico do Montijo klubini 7-0 hisobida magʻlub etgan oʻyinning 69-daqiqasida Luri Medeiros oʻrniga maydonga tushgan[2].
2021-yil 19-iyulda Gomes klub bilan shartnomasini 2026-yilgacha uzaytirgan va uning tovon puli 35 million etib belgilangan[3]. Oʻrinbosarlar tarkibidagi bir mavsumdan soʻng, asosiy jamoa tarkibiga oʻtgan. 2022-yil 21-avgustda Estádio Municipal de Braga stadionida Maritimo jamoasiga qarshi oʻtkazilgan bahsda jamoa safidagi ilk golini urgan. Mazkur oʻyin Braganing 5:0 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlangan[4].
2023-yilning 4-avgustida Braga Gomesni Estoril Praia klubiga bir mavsumga ijaraga berganini eʼlon qilgna[5]. Toʻrt kundan soʻng Estoril futbolchini ijaraga olganini rasman eʼlon qilgan[6]. Estorilda Rodrigo, asosan, oʻng qanot himoyachisi pozitsiyasida oʻynagan[7].
2024-yil 12-iyun kuni Braga prezidenti António Salvador klub Rodrigo Gomesning transferi boʻyicha Premyer-liga vakili Wolverhampton bilan kelishuvga erishganini tasdiqladi[8]. Klub va futbolchi oʻrtasida 2029-yilgacha shartnoma imzolangan. Shartnoma qiymati 12,7 million funt sterling ekanligi maʼlum qilingan[9].
Portugaliyaning 16, 17 va 18 yoshgacha boʻlgan terma jamoalari tarkibida toʻp surgan[10].