Rolls-Royce Sweptail | |
---|---|
Rolls-Royce Sweptail koʻrgazmasida | |
Tashqi koʻrinishi | |
Ishlab chiqaruvchisi | Rolls-Royce Motor Cars |
Ishlab chiqarish | 2017 |
Model yili | 2018 |
Assambleya | Godwood zavodi, Chichester, G'arbiy Sussex, Angliya |
Korpus va shassi | |
Avtomobil tartibi | FR tuzilish |
Bogʻliqligi | Rolls-Royce Phantom VII |
Quvvat oʻtkazgich | |
Dvigateli | 6.75 L V12 |
Quvvati | 338 kW (453 bhp) |
Rolls-Royce Sweptail – Rolls-Royce Motor Cars tomonidan yaratilgan yagona nusxadagi hashamatli katta avtomobil.
Sweptail modeli Rolls-Royce Phantom Coupé asosida yaratilgan boʻlib, uni tayyorlash uchun toʻrt yil davomida qoʻlda yigʻilgan[1]. Ushbu avtomobil 1920 va 1930-yillardagi avtomobilsozlik sanʼatidan ilhomlanib yaratilgan boʻlib, 2013-yilda superyaxta va samolyotlar boʻyicha mutaxassisning buyurtmasiga binoan ishlab chiqarilgan[2].
Sweptail 2017-yil may oyida Concorso d’Eleganza Villa d’Este koʻrgazmasida namoyish etilgan. Sweptail oʻsha paytda dunyodagi eng qimmat yangi avtomobil boʻlib, narxi taxminan 10 million funtni tashkil qilgan[3].
Sweptail avtomobili Gonkongda yashovchi mijoz Sem Li tomonidan sotib olingan. U milliardlab boylikka ega boʻlgan koʻchmas mulk magnati Samuel Tak Li ning oʻgʻlidir[4].
Rolls-Royce Motor Cars kompaniyasining sobiq dizayn direktori Jiles Teylor ushbu avtomobilni „avtomobil dunyosidagi yuqori moda (Haute couture) ekvivalenti“ deb taʼriflagan[5].
2019-yilda Sweptail dunyodagi eng qimmat avtomobil maqomini yoʻqotdi. Bu unvon Bugatti La Voiture Noire avtomobiliga oʻtdi, uning narxi 18,7 million AQSh dollarini tashkil qilgan[6].