Rowena Meeks Abdy | |
Tavalludi | 24-aprel 1887-yil Vena, Avstriya |
Vafoti | 18-avgust 1945-yil (58 yoshda) San Francisco, |
Millati | ingliz |
Rowena Fischer Meeks Abdy (1887-yil 24-aprel — 1945-yil 18-avgust) — amerikalik modernist rassom. U asosan landshaftlarni chizgan va Shimoliy Kaliforniyada ishlagan.
U 1887-yilda Avstriyaning Vena shahrida amerikalik John va Anna Meeks oilasida tugʻilgan[1]. Ular Rowenaning sanʼatdagi tabiiy isteʼdodini ragʻbatlantirgan. Vena, Drezden, Parij va Londonda uzoq vaqt boʻlgandan soʻng, oila 1890-yillarda San Franciscoga (Kaliforniya) koʻchib oʻtdi[2][3].
1904—1905-yilgi oʻquv yilida Rowena Fischer Meeks Abdy tonalist rassomlar Arthur Frank Mathews, Charles C.Judson va Will Sparks qoʻl ostida Mark Xopkins sanʼat institutida tahsil oldi. Oʻqish davomida u bir necha bor taqdirlangan. Uning yogʻli, akvarel va aralash rasmlardagi koʻcha manzaralari va landshaftlari 1908-yildan 1940-yillarning oʻrtalarigacha Kaliforniya boʻylab ellikdan ortiq koʻrgazmalarda namoyish etilgan.
Rowena Fischer Meeks Abdy dastlab Kaliforniyaning tarixiy joylarini chizgan[4]. U asosan Shimoliy Kaliforniya landshaftlari, jumladan qirgʻoq boʻyidagi shaharlarni chizgan. Uning studiyasi Lombard koʻchasida joylashgan edi. U bu mulkni 1921-yilda sotib olgan[5]. Abdyning bogʻida maxsus yozib qoʻyilgan yozuv bor edi, unga chaqirilmagan qiziquvchan sayyohlar tez-tez tashrif buyurishardi. Abdyning studiyasidan Marin okrugi, Kontra Kosta okrugi va San Francisco koʻrfazini koʻrishi mumkin edi. Abdy abstrakt sanʼatni rasmlardan tashqari, dekorativ sanʼat orqali uyda ham qoʻllash kerak deb hisoblardi.
U yozuvchi Harry Bennett Abdy bilan oila qurgan. U yozuvchi mahoratidan foydalanib, oʻz ijodini targʻib qilardi. 1915-yilda er-xotin Saint Louisdan (Missuri shtati) Pitsburgga (Pensilvaniya) qayiqda sayohat qilishdi. Ular rassom Armin Hansen bilan uchrashishdi. Harry Bennett sayohatda Abdyning rasmlarini aks ettirgan "Ogayoda" kitobini yozdi. Ular Kaliforniyaga qaytib kelganlarida, Abdi Monterey yarim orolida uy qurdi Ular 1917-yilda Kaliforniyaning San-Diego shahriga koʻchib oʻtdi. San-Diegoda u eski shahar manzaralarini chizdi. 1919-yilda uning asarlari San Franciscodagi Helgesen galereyasi tomonidan koʻrgazmga qoʻyildi[6]. Galereya uning akvarellari, koʻmir rasmlarini namoyish etdi.
Bu davrda u oʻz studiyasida ijod qildi. Uning studiyasi badiiy buyumlari uchun maxsus saqlash joylari bilan jihozlangan edi. Bu davrda u oʻz ishlarini Eski Kaliforniya deb nomlangan kitobda nashr etadi. Kitob asosan akvarellardan iborat edi. U John Henry Nash tomonidan chop etilgan. Gottardo Piazzoni soʻzboshi yozgan. Kitob cheklangan nashr edi, bor-yoʻgʻi 400 nusxada nashr etilgan va bugungi kunda nusxalari kollektor buyumlari hisoblanadi. Kitobdagi baʼzi plitalar Kaliforniya universiteti bitiruvchilari jurnali va Standard Oil Monthly tomonidan ishlatilgan.
U 1921-yilda Lombard koʻchasidagi uyiga koʻchib oʻtishdan oldin Montgomeri koʻchasida qisqa vaqt yashab ishladi. 1920-yillarning oʻrtalarida u natyurmortlar va gullar chizishni boshladi. 1926-yilda u Kaliforniyadagi Faxriy legion saroyida Old Spanish Street, Monterey (tarjimasi „Montereydagi eski ispan ko'chasi“) rasmini namoyish etdi. Bu muzeyda birinchi marta amerikalik rassomlarning koʻrgazmasi boʻldi.
1930-yillarning boshlarida Abdy oʻzining akvarellarida oq boʻyoqdan foydalanishni toʻxtatdi, u 1931-yil mart oyida San-Franciscoda koʻrgazma tashkil qildi. 1932-yil mart oyida uning Kaliforniya va Italiyadagi rasmlari shaxsiy koʻrgazmasi boʻlib oʻtdi. U 1936-yilda Treasure orolida boʻlib oʻtgan Oltin darvoza xalqaro koʻrgazmasida qatnashdi. Uning 1942-yilda boʻlib oʻtgan navbatdagi koʻrgazmasi maqtovlarga sazovor boʻldi.