Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Rustam Elyor oʻgʻli Ashurmatov | ||
Tavallud sanasi | 7-iyul 1996-yil | ||
Tavallud joyi | Qoʻqon, Uzbekistan | ||
Boʻyi | 1.82 m | ||
Ampluasi | Himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Rubin | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
Bunyodkor | |||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2015—2019 | Bunyodkor | 91 | (5) |
2019—2020 | Gwangju | 47 | (2) |
2021—2022 | Gangwon | 19 | (1) |
2022 | Navbahor | 25 | (2) |
2023— | Rubin | 13 | (1) |
Milliy terma jamoa | |||
Oʻzbekiston U-17 | 6 | (1) | |
2015 | Oʻzbekiston U-20 | 6 | (0) |
2017—2018 | Oʻzbekiston U-23 | 12 | (1) |
2017- | Oʻzbekiston | 25 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (7-noyabr 2021-yil uchun) |
Rustam Ashurmatov (1996-yil 7-iyulda tugʻilgan) oʻzbekistonlik futbolchi, Qozonning „Rubin“ klubi himoyachisi.
2019-yilning 7-fevral kuni „Bunyodkor“ klubi Ashurmatov „Kvanju“ga oʻtganini eʼlon qildi.[1]
2021-yil 19-yanvarda Gangwon FC Ashurmatov Gangvonga oʻtganini eʼlon qildi.[2] Gangvon 2022-yilning 15-fevralida Ashurmatov klubni tark etganini eʼlon qildi[3] 2022-yilning 18-fevralida Ashurmatov Namanganning „Navbahor“ klubi bilan shartnoma imzoladi.[4] 2022-yil Namanganliklar bilan yaxshi oʻtgan mavsumdan soʻng Rossiyaning „Rubin“ klubi bilan 3,5 yillik shartnoma imzoladi.[5]
2017-yildan buyon futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi oʻyinchisi boʻlgan Ashurmatov Oʻzbekiston yoshlar terma jamoalari safida 2013-yilgi FIFA U-17 Jahon chempionati, 2015-yilgi FIFA U-20 Jahon chempionati,[6][7] va xalqaro turnirlarda ishtirok etgan. 2018-yilgi U-23 Osiyo chempionatida u 23 yoshgacha boʻlgan futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bilan soʻnggi turnirda gʻolib chiqadi va finalda gol urdi.
Gvanju FK
Oʻzbekiston U-23