Ryan Donato | |||
---|---|---|---|
Tugʻilgan joyi |
9-aprel 1996-yil Scituate, Massachusetts, AQSH | ||
Boʻyi | 6 ft 0 in (183 cm) | ||
Ogʻirligi | 192 lb (87 kg; 13 st 10 lb) | ||
Pozitsiyasi | hujumchi | ||
NHL Sobiq jamoalar |
Seattle Kraken Boston Bruins Minnesota Wild San Jose Sharks | ||
Milliy jamoa | AQSh | ||
NHLga kirish drafti |
56-oʻrindagi tanlov, 2014 Boston Bruins | ||
Jamoalardagi faoliyat | 2018—hozirgacha |
Ryan Donato (talaffuzi: Rayan Donato) (1996-yil 9 aprelda tugʻilgan) — amerikalik professional xokkey hujumchisi. Ryan Donato hozirda Milliy xokkey ligasi (NHL) vakili „Seattle Kraken“ xokkey jamoasida faoliyat olib bormoqda. Ryan Donato „Boston Bruins“ xokkey klubi safiga 2014-yilgi NHL kirish loyihasida 56-oʻrindagi tanlov asosida qabul qilinagn edi[1][2].
Donato Massachusetts shtatidagi Dexter maktabida xokkey oʻynay boshlagan. Shundan soʻng, Ryan Donato 2014-yilgi NHL kirish loyihasida „Boston Bruins“ xokkey klubi safiga 56-oʻrindagi tanlov asosida qabul qilindi.
Ryan Donato 2018-yilning 18-martida „Boston Bruins“ xokkey klubi bilan uch yillik boshlang‘ich darajadagi shartnoma imzoladi[3][4]. Ertasi kuni Ryan Donato NHLdagi debyutini oʻtkazdi. Ryan Donato NHLdagi birinchi golini "Columbus Blue Jackets' xokkey jamoasiga qarshi uchrashuvda (5-4 hisobida qoʻshimcha taymdagi magʻlubiyat) kiritishga muvaffaq boʻldi[5]. Donato oʻzining pley-offdagi debyutini 2018-yilgi Stanley kubogi pley-offining 2-oʻyinida „Toronto Maple Leafs“ xokkey klubiga qarshi uchrashuvda (7-3 hisobida gʻalaba) oʻtkazdi[6].
2019-yil 20-fevralda Ryan Donato Charlie Coyle evaziga „Minnesota Wild“ xokkey klubiga almashtirildi[7]. Ryan Donato 21-fevral kuni „Minnesota Wild“ xokkey klubi safidagi ilk oʻyinini oʻtkazdi[8].
2019-yil 16-iyulda Ryan Donato „Minnesota Wild“ klubi bilan ikki yillik 3,8 million dollarlik yangi shartnoma imzoladi[9].
2020-yil 5-oktabrda Ryan Donato 'Minnesota Wild" klubi tomonidan „San Jose Sharks“ klubiga sotildi[10]. Ryan Donatoning klubdagi debyuti 2021-yilning 14-yanvar kuni „Arizona Coyotes“ xokkey klubiga qarshi uchrashuvda (4:3 hisobida g‘alaba) boʻlib oʻtdi[11].
2021-yil 12-sentyabrda Ryan Donato „Seattle Kraken“ xokkey klubi bilan erkin agent sifatida 2021—2022-yilgi mavsum uchun bir yillik 750 000 dollarlik shartnoma imzoladi[12].
2022-yil 27-iyulda Ryan Donato „Seattle Kraken“ klubi bilan yana bir yillik 1,2 million dollarlik shartnoma imzoladi[13].
Muntazam mavsum | Pley-off oʻyinlari | |||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Mavsum | Klub | Liga | Oʻyin | Gol | Golli uzatma | Ochko | Penalti | Oʻyin | Gol | Golli uzatma | Ochko | Penalti | ||
2011—2012 | Dexter maktabi | USHS | 26 | 14 | 22 | 36 | 8 | — | — | — | — | — | ||
2012—2013 | Dexter maktabi | USHS | 28 | 29 | 31 | 60 | 14 | — | — | — | — | — | ||
2013—2014 | Dexter maktabi | USHS | 30 | 37 | 41 | 78 | 16 | — | — | — | — | — | ||
2014—2015 | Dexter maktabi | USHS | 31 | 18 | 35 | 53 | 16 | — | — | — | — | — | ||
2014—2015 | South Shore Kings | USPHL | 13 | 5 | 5 | 10 | 4 | — | — | — | — | — | ||
2014—2015 | Omaha Lancers | USHL | 8 | 5 | 5 | 10 | 4 | 3 | 1 | 0 | 1 | 15 | ||
2015—2016 | Harvard universiteti | ECAC | 32 | 13 | 8 | 21 | 26 | — | — | — | — | — | ||
2016—2017 | Harvard universiteti | ECAC | 36 | 21 | 19 | 40 | 25 | — | — | — | — | — | ||
2017—2018 | Harvard universiteti | ECAC | 29 | 26 | 17 | 43 | 10 | — | — | — | — | — | ||
2017—2018 | Boston Bruins | NHL | 12 | 5 | 4 | 9 | 2 | 3 | 0 | 0 | 0 | 0 | ||
2018—2019 | Boston Bruins | NHL | 34 | 6 | 3 | 9 | 2 | — | — | — | — | — | ||
2018—2019 | Providence Bruins | AHL | 18 | 7 | 5 | 12 | 7 | — | — | — | — | — | ||
2018—2019 | Minnesota Wild | NHL | 22 | 4 | 12 | 16 | 4 | — | — | — | — | — | ||
2018—2019 | Iowa Wild | AHL | 3 | 2 | 3 | 5 | 4 | 11 | 2 | 4 | 6 | 4 | ||
2019—2020 | Minnesota Wild | NHL | 62 | 14 | 9 | 23 | 12 | 2 | 0 | 0 | 0 | 2 | ||
2020—2021 | San Jose Sharks | NHL | 50 | 6 | 14 | 20 | 10 | — | — | — | — | — | ||
2021—2022 | Seattle Kraken | NHL | 74 | 16 | 15 | 31 | 40 | — | — | — | — | — | ||
NHL jami | 254 | 51 | 57 | 108 | 70 | 5 | 0 | 0 | 0 | 2 |
Yil | Jamoa | Tadbir | Natija | Oʻyin | Gol | Golli uzatma | Ochko | Penalti | |
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
2016-yil | Qoʻshma Shtatlar | WJC | 7 | 3 | 1 | 4 | 2 | ||
2018-yil | Qoʻshma Shtatlar | OG | 7 | 5 | 5 | 1 | 6 | 2 | |
2021-yil | Qoʻshma Shtatlar | WC | 10 | 1 | 3 | 4 | 6 | ||
Oʻsmirlar safida | 7 | 3 | 1 | 4 | 2 | ||||
Kattalar safida | 15 | 6 | 4 | 10 | 8 |