Sadaf Rahimi

Sadaf Rahimi
Tavalludi 9-noyabr 1993
Qozog'iston
Fuqaroligi Afgʻoniston
Kasbi Bokschi

Sadaf Rahimi — afgʻonistonlik bokschi. U 2012-yilgi London Olimpiadasiga taklif qilingan birinchi ayol bokschi va terma jamoadagi birinchi ayol bokschi sifatida tarixga kirgan[1].

Yoshlik yillari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rahimi boks bilan shugʻullanishni 14 yoshida Laylo Alining boksini musobaqada tomosha qilganidan soʻng boshlagan[2]. Rahimiga sobiq erkak professional bokschi[3] Sobir Sharifiy murabbiylik qilgan, u hozirda Kobuldagi sport maktabida 30 nafar afgʻon qiz va yosh ayollarni mashq qildirib kelmoqda[4]. Mashq qilish uchun Rahimi oilasidan ruxsat olishi kerak boʻlgan. Tolibon hukmronligi ostida ayollar huquqlari koʻpincha cheklangan, ammo, Rahimining oilasi uning boks bilan shugʻullanishiga ruhsat berishgan[5]. Rahimi haftada uch kun Gʻozi sport maktabida bir soatdan mashgʻulot oʻtkazgan, shuningdek, oʻz uyida ham mustaqil mashq qilib sport bilan shugʻullangan.

17 yoshida Rahimiga London-2012 Olimpiadasida qatnashish uchun kutilmagan imkoniyat berilgan[5]. Afsuski, uning ringdagi xavfsizligi tufayli Xalqaro boks assotsiatsiyasi (AIBA) Rahimini musobaqalarda ishtirok etmasligiga qaror qilgan. Rahimi 2016-yilgi Rio Olimpiadasiga yoʻllanmani qoʻlga kirita olmagan[6][7].

OAV chiqishlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rahimi va boshqa afgʻonistonlik bokschilarning tarixi Kanada Milliy Film Kengashi uchun rejissyor Ariel Nasr va Annet Klark tomonidan ishlab chiqarilgan "Kobulning bokschi qizlari " hujjatli filmida koʻrsatib oʻtilgan.

„Men ayollar va Afgʻoniston uchun gʻurur bilan kurashaman“

„Birinchi marta qishlogʻimda bir shaxsni urganimda, 11 yoshda edim. Bu mening amakivachcham edi… keyin u bokschi boʻlishim kerakligini aytdi!“

„Ishonchim komilki, meni ringda qop singari urishadi. Men urayotgan odam medal yutadimi yoki yoʻqmi, ringga chiqishim bilanoq jasorat ramzi boʻlaman“.

  1. Baker, Aryn. „The Challenger“. Time (2012-yil 19-iyul).
  2. Saner, Emine. „I will proudly fight for women and Afghanistan“. London: The Guardian (2012-yil 11-mart).
  3. Walsh, Nick P. „Afghanistan's first female Olympic boxer eyes London dream“. CNN (2012-yil 3-aprel).
  4. Shafi, Ahmad. „Afghan Female Boxers Strike A Blow For Girl Power“. NPR.
  5. 5,0 5,1 Shafi, Ahmad. „Afghan Female Boxers Strike A Blow For Girl Power“. NPR.
  6. Baker, Aryn. „Rahimi’s TKO: Afghan Woman Boxer’s Olympic Invite Rescinded Amid Safety Concerns“. Time (2012-yil 19-iyul).
  7. AFP. „Sadaf Rahimi, la joven boxeadora que planta cara al patriarcado afgano“ (es-MX). Grupo Milenio (2016-yil 15-mart). Qaraldi: 2023-yil 18-iyun.