![]() | |||
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Sadriddin Abdullaev Nizomiddinovich | ||
Tavallud sanasi | 11-iyun 1986-yil | ||
Tavallud joyi | Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR | ||
Boʻyi | 177 sm | ||
Ampluasi | Yarim himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Faoliyatini yakunladi | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2003—2009 |
![]() | 34 | (6) |
2003 |
→![]() | 0 | (0) |
2007—2008 |
→![]() | 29 | (7) |
2009 |
→![]() | 9 | (2) |
2010 |
![]() | 12 | (2) |
2011 |
![]() | 9 | (0) |
2012—2014 |
![]() | 52 | (7) |
2015 |
![]() | - | (-) |
2016—2018 |
![]() | 105 | (10) |
2019—2020 |
![]() | 15 | (0) |
2021 |
![]() | 17 | (0) |
Milliy terma jamoa | |||
2007—2008 |
![]() | 3 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Sadriddin Nizomiddinovich Abdullayev (1986-yil 11-iyunda[1] Toshkentda tugʻilgan) – oʻzbek futbolchisi, yarimhimoyachi. Oʻzbekiston terma jamoasida oʻynagan[2].
Toshkentning „Paxtakor“ klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Professional faoliyatini 2005-yilda aynan shu klubda boshlagan. „Paxtakor“ safida toʻrt mavsum toʻp surgan va shu vaqt ichida 32 uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta gol urgan. 2007—2008-yillarda Samarqandning „Dinamo“ jamoasida ijara asosida oʻynagan. 2009-yilda Xitoyning „Chanchun Yatay“ jamoasida ijara asosida oʻynagan[3]. 2010-yilda Toshkentning „Lokomotiv“ klubiga oʻtgan. 2011-yilda Gʻuzorning „Shoʻrtan“ jamoasiga koʻchib oʻtgan. 2012—2014-yillarda Toshkentning „Lokomotiv“ jamoasida toʻp surgan va shu vaqt ichida 52 ta oʻyinda maydonga tushib, 7 ta gol urgan. 2015-yildan Malayziyaning „T-Tim“ klubi futbolchisi hisoblanadi[4].
2019-yilgi mavsum boshida 10 yildan soʻng Toshkentning "Paxtakor" jamoasi tarkibiga qaytdi va jamoa bilan shartnoma imzolagan[5][6]. 2021-yilgi mavsum avvalida sobiq jamoasi, Lokomotiv klubi tarkibiga qaytgan[7][8]. 2021-yil Toshkentning „Lokomotiv“ jamoasida mavsumni yakunlaganidan soʻng, futbolchilik faoliiyatini yakunlaganini eʼlon qildi[9].
Futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan soʻng Lokomotiv jamoasining U-18 jamoasining murabbiyi sifatida ishl boshlagan[9].
Sadriddin Abdullayev 2008-yilda Oʻzbekiston terma jamoasiga taklif olgan[10]. Terma jamoadagi debyut oʻyinini oʻsha yilning 22-iyun kuni Jahon Chempionati-2010 saralash turniri doirasida Saudiya Arabistoni terma jamoasiga qarshi oʻtkazdi. Abdullayev terma jamoa safida jami uchta oʻyin oʻtkazdi[11].