Salma Khatun | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Jinsi | (ayol) |
Tavallud sanasi |
1-oktyabr 1990-yil Khulna, Bangladesh |
Sport | |
Qaysi sport | (Kriket) |
Klubi | (Southern Zone) |
Faol tomoni | (oʻnaqay) |
Medallar | |
Oltin medal Cricket at the 2019 South Asian Games – Women's tournament |
Salma Khatun — (1990-yil 1-oktyabrda tugʻilgan) Bangladesh kriketchisi, Bangladesh milliy kriket jamoasida oʻynaydi. U oʻng qoʻl bilan zarba beruvchi va oʻng qoʻl bilan oʻyinchi sifatida jamoaviy oʻyinlarda qatnashadi. Salma 2008 va 2020-yillar oraligʻida Bangladesh milliy jamoa sardori boʻlgan, shu jumladan birinchi „Bir kunlik xalqaro“ va „Twenty20 International“ musobaqalarida sardorlik qilgan[1][2][3][4].
Salma Khatun 1990-yil 1-oktyabrda Bangladeshning Khulna shahrida tavallud topgan. U dastlab Xulnadagi bolalar bilan kriket oʻynashni boshlagan. Salma ilk murabbiyi Imtiaz Xossain Pilu qoʻl ostida shugʻullangan va profssional kriketchi boʻlib tarbiyalangan.
Bangladesh ayollar terma jamoasi 2010-yilda ayollar kriket musobaqasida Xitoy milliy ayollar terma jamoasiga qarshi Osiyo oʻyinlarida tarixiy kumush medalni qoʻlga kiritgan. U Xitoyning Guanchjou shahrida boʻlib oʻtgan Osiyo oʻyinlarida terma jamoa tarkibida ishtirok etgan[5].
Salma 2012-yil 28-avgustda Irlandiyaga qarshi T20I musobaqasida debyut qilgan. 2018-yil iyun oyida u Bangladesh terma jamoasining bir qismi boʻlib, ayollar oʻrtasidagi Osiyo Kubogida ilk bor gʻolib boʻlgan va 2018-yilgi Ayollar oʻrtasidagi Twenty20 Osiyo kubogi turnirida gʻolib boʻlgan[6][7][8]. Oʻsha oyning oxirida u 2018-yilgi ICC Womenʼs World Twenty20 Qualifier turniri uchun Bangladesh sardori etib tayinlangan[9].
2018-yil oktyabr oyida u Gʻarbiy Hindistonda boʻlib oʻtadigan 2018 ICC Womenʼs World Twenty20 turniri uchun Bangladesh terma jamoasi sardori etib tayinlangan[10][11]. U toʻrtta oʻyinda oltita chetlatish bilan Bangladesh terma jamoasi uchun birgalikda yetakchi boʻlgan[12].
2019-yil avgust oyida u Shotlandiyada boʻlib oʻtadigan 2019 ICC Womenʼs World Twenty20 Qualifier turniri uchun Bangladesh terma jamoasi sardori etib tayinlangan[13][14]. 2019-yil noyabr oyida Salma 2019-yilgi Janubiy Osiyo oʻyinlarida kriket turniri uchun Bangladesh terma jamoasi sardori etib tayinlangan[15]. Bangladesh terma jamoasi finalda Shri-Lankani ikki marta magʻlub etib, oltin medalni qoʻlga kiritgan[16].
2020-yil yanvar oyida u Avstraliyada boʻlib oʻtadigan 2020-yilgi ICC Ayollar oʻrtasidagi T20 Jahon kubogi uchun Bangladesh terma jamoasi sardori etib tayinlangan[17]. Salma toʻrtta oʻyinda oltita chetlatish bilan Bangladesh terma jamoasi uchun yetakchi darvozabon boʻlgan[18].
2021-yil noyabr oyida u Zimbabveda boʻlib oʻtadigan 2021-yilda ayollar oʻrtasidagi kriket boʻyicha Jahon chempionati saralash turnirida Bangladesh terma jamoasiga kiritilgan[19]. 2022-yil yanvar oyida u Malayziyada boʻlib oʻtadigan 2022-yilgi Hamdoʻstlik oʻyinlarining kriket saralash turnirida Bangladesh jamoasiga kiritilgan[20]. Oʻsha oyning oxirida Salma 2022-yilda Yangi Zelandiyada boʻlib oʻtadigan kriket boʻyicha ayollar oʻrtasidagi Jahon kubogi uchun Bangladesh jamoasiga kiritilgan[21]. Sportchining 2022-yilgi musobaqalarga tayyorgarligi yuqori darajada amalga oshirilayotganligini marabbiyi taʼkidlab oʻtgan.