Salma bint Amr

Salma bint Amr
Tavalludi
Salma bint Amr

Vafoti Yasrib, Hijaz
Turmush oʻrtogʻi Hoshim ibn Abdumanof
Bolalari

Salma binti Amr (arabcha: سلمى بنت عمرو) Hoshim ibn Abdumanofning xotini, Islom paygʻambari Muhammadning buvisi. Banu Xazraj qabilasining nufuzli ayollaridan biri va Madinadagi Banu Najjor qabilasidan Amrning qizi. U karvonlar orqali amalga oshiriladigan savdo-sotiq bilan shugʻullangan.

Hoshim ibn Abdumanof har yili Yasribdan oʻtib, Suq an-Nabtda bozorga tushar edi. Oʻsha paytda uning eʼtiborini Salma bint Amrning shov-shuvli savdosi oʻziga tortadi va u haqida xushmuomalalik bilan soʻray boshlaydi. Koʻp oʻtmay, Salmaning taniqli va hurmatli ayol ekanligini bilib oladi. Salma bint Amr oʻsha vaqtga qadar juda koʻp marotaba turmushga chiqib, ajrashgan ayol boʻlgan. U oʻziga xos mavqega ega kuchli ayol boʻlib, turmushga chiqqan taqdirda ham oʻz uyi va qabiladoshlarini tark etishni istamas, faqatgina uning uyida yashashga rozi boʻladigan erkaklar bilangina turmush qurar edi.

Salmaning erlaridan biri Banu Jahjaba qabilasidan boʻlgan jangchilar boshligʻi Uhayha ibn Julah boʻlib, islomgacha boʻlgan davrdagi qabilaviy janglarda mashhur boʻlgan va Qubaning Yasrib chekkasidagi eng yirik qalʼalardan biri Utum ad-Dihyonga egalik qilgan. Salmaning Amr va Mabad ismli ikki oʻgʻli bor edi. Uning Banu Najjor qabilasidan boʻlgan Molik ibn Adiy ismli, undan Mulayka va Nuvvar ismli ikki qizi boʻlgan. Yana biri Avf ibn Abdulavf ibn Abd ibn Horis ibn Zuhra boʻlib, undan Shifo binti Avf ismli qizini dunyoga keltirgan[1].

Hoshim ibn Abdumanof ham kuchli obroʻ-eʼtiborga ega shaxs boʻlib, u oʻzining Salmaga beradigan oila qurish borasidagi taklifidan faqatgina ijobiy javob kutgan edi. Biroq oradan koʻp oʻtmay, Salma uning taklifini oʻylab koʻrishga tayyor boʻlsa-da, faqat oʻz shartlariga koʻra unga turmushga chiqishini aytib, uni xafa qiladi. Salmaning eng asosiy shartlaridan biri bu uning Yasribdagi oʻz uyida qolishi va shaxsiy ishlarini nazorat qilishiga erining ruxsat berishi edi. Salma erining uyida u bilan birga yashash uchun Makkaga bormagan[2][3].

Hoshim ibn Abdumanof Salma bint Amrning bu taklifiga rozi boʻldi va shundan soʻng ularning toʻy boʻlib oʻtdi. Ularning har ikkalasi ham avvalgi hayotlarini davom ettirishar, Hoshim Yasribga kelganida xotinining uyida tunab qolar, bunday yashash tarzi ikkalasiga ham maʼqul edi. Salma eri Hoshim bilan biroz vaqt oʻtkazgach, homilador boʻladi va Shomga (hozirgi Suriya) joʻnab ketadi.

Salma bint Amr milodiy 497-yilda Abdulmuttalibni dunyoga keltirgan va unga Shayba deb ism qoʻygan, bunga sabab uning sochlarida oq tolalari borligi boʻlib, Shayba soʻzi qadimgi, oq sochli degan maʼnolarni anglatadi[4].

Hoshim oʻgʻlining ona sutidan ajratilgan zahoti Makkada Salma bilan birga boʻlishini orzu qilar edi, lekin xotini na eridan ajralishni, na oʻzi borib uning xonadonida yashashni xohlardi va oʻgʻlining oʻqishi oʻz zimmasida boʻlishi kerakligini taʼkidlardi. Hoshim Salmaning bu taklifiga ham rozi boʻldi. Oʻshanda Hoshimning Makkadagi oila aʼzolaridan hech biri uning Shayba ismli oʻgʻli tugʻilganidan xabardor emasdi. Oradan koʻp oʻtmay, Salma Hoshimga Ruqayya ismli ikkinchi farzandni tugʻib berdi[1]. Keyinchalik Ruqayyaning turmush oʻrtogʻi Suriyaning Gʻazza shahriga xizmat safaridan qaytayotgan chogʻida kasal boʻlib vafot etgan.

Shaybaning qaynisi Mutallib Shayba sakkiz yoshlarga toʻlganida uni koʻrgani borib, Salmadan uni oʻziga ishonib topshirishni soʻraydi. Biroq Salma oʻgʻlini qoʻyib yuborishni istamaydi va bolani onasining roziligisiz olib ketilishidan bosh tortadi. Shunda Mutallib Yasribning imkoniyatlarini Makka bilan solishtirib boʻlmasligini taʼkidlaydi. Salma uning Makka shahri haqidagi taʼriflaridan hayratda qoladi va oʻgʻlini qoʻyib yuborishga rozi boʻladi[3].

Muhim avlodlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Quraysh qabilasi
(batafsil shajara)
Vaqida bint AmrAbdumanof ibn QusayAtika bint Murra
Navfal ibn AbdulmanafAbdushams ibn AbdulmanafBarraHalaMuttalib ibn AbdulmanafHoshim ibn AbdulmanafSalma bint Amr
Umayya ibn AbdushamsAbdulmuttalib
Harb ibn UmayyaAbu al-Os ibn UmayyaOmina binti VahbAbdulloh ibn AbdulmuttalibHamza ibn AbdulmuttalibAbu Tolib ibn AbdulmuttalibAz-Zubayr ibn AbdulmuttalibAbbos ibn AbdulmuttalibAbu Lahab
Abu SufyonAl-Hakam ibn Abu al-OsUsmon ibn Abu al-OsAffon ibn Abu al-OsMUHAMMAD
(Oilaviy shajara)
Xadicha bint XuvaylidAli
(Oilaviy shajara)
Havla al-HanafiyaAbdulloh ibn Abbos
Muoviya IMarvonUsmon ibn AffonRuqayya binti MuhammadFotimaMuhammad ibn al-HanafiyaAli ibn Abdalloh
SufyoniylarUmaviylarHasan ibn AliHusayn ibn Ali
(Oilaviy shajara)
Abdulloh ibn Muhammad ibn al-Hanafiyya
(Muxtor as-Saqafiy va Hoshimiylar imomi)
Muhammad ibn Ali ibn Abdulloh
(Bagʻdod xalifaligi)
Ibrohim al-ImomAs-SaffohAbu Jafar al-Mansur
  1. 1,0 1,1 Maqsood, Ruqaiyyah Waris. „The Prophet’s Family Line No. 4 – Amr (Hashim), the Founder of the Hashimites“. Ruqaiyyah Waris Maqsood Dawah. 2008-yil 30-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 4-avgust.Maqsood, Ruqaiyyah Waris. . Ruqaiyyah Waris Maqsood Dawah. Archived from the original (Wayback Machine saytida 2008-05-30 sanasida arxivlangan) on 30 May 2008. Retrieved 4 August 2011.
  2. Ibn Kathir 1.131, from Zuhri, suggests Hashim stayed in her father’s house
  3. 3,0 3,1 Lings, Martin. Muhammad: His Life Based on the Earliest Sources. George Allen & Unwin, 1983 — 8-bet. ISBN 0946621330. Lings, Martin (1983). Muhammad: His Life Based on the Earliest Sources. George Allen & Unwin. p. 8. ISBN 0946621330.
  4. Ibn Hisham 1/137; Rahmat- ul- lil’alameen 1/26,2/24