Molana Sardor Ahmad Qadri Chishti | |
---|---|
Tavalludi |
22-sentyabr 1903-yil 29 Jumodul oxir 1321-yil (hijriy) |
Vafoti |
29-dekabr 1962-yil (59 yoshda) 1 Shabbon, 1382 hijriy yil Jhang Bazaar Faisalabad, Pokiston |
Fuqaroligi | Pokiston va Britaniya Hindistoni |
Kasbi | Islom ulamosi |
Sardor Ahmad Chishtiy Qodriy (1903—1962) (urducha محدث اعظم مولانا سردار احمد چشتی قادری) — pokistonlik soʻfiy avliyo, muhaddis, oʻqituvchi, huquqshunos, muallif, Pokiston olimi, oʻzining izdoshi Muhadiy-Aziz tomonidan Islom olimi, deb tan olingan[1][2].
Sardor Ahmad Chishtiyning otasi Choudri Miran Baxsh Chishtiy edi. U 1903-yil 22-sentyabrda Sharqiy Panjob viloyatining Gurdaspur tumanidagi Dayal Garh shahrida Arain oilasida tug‘ilgan (29-Jumaodissoniy 1321-hijriy)[3]. Uning oʻgʻli Sohibzoda Muhammad Fazal Karim Pokiston Milliy Assambleyasi NA-82 Faysalobod aʼzosi va Sunniy Ittehad Kengashi asoschisi boʻlgan[4].
Sardor Ahmad Chishtiy Batalaning Dialgarh qishlogʻidagi boshlangʻich maktabda, hamda Bataladagi Islom oʻrta maktabida tahsil olib, 1924 (hijriy 1343)-yili tahsilni yakunlangan. U Lahorga FA, yaʼni ikki yillik diplom dasturiga tayyorlanish uchun kelgan va Ahmad Rizo Xonning Masjid Vazir Xon Lahordagi nutqida qatnashgach, Bareilli shahridagi Manzar-e-Islom seminariyasiga kirishga qaror qilgan[5].
U yerda Sardor Ahmad Chishtiy Ahmad Rizo Xon Barelviyning o‘g‘li Hamid Rizo Xon bilan uchrashadi va Bareillida joylashgan Manzar-e-Islomdagi ingliz tili taʼlimini to‘xtatib, islom fanlari va sanʼati markaziga aʼzo boʻlishga qaror qiladi. U Mustafo Rizo Xon Qodriy, Amjad Ali Azmiy va Muhammad Husayndan saboq olgan[5][6].
Amjad Ali seminariyani Aligarxning Dadu tumaniga ketganligi uchun tark etgan vaqtida, Qodriy Mazhare Islom Bareilli rahbari boʻldi[7]. Izdoshlari va muxlislari unga „Muhaddis-e-Azam-e-Pokiston“ unvonini berishgan[5]. U Fayslabodning Jang bozoridagi Mazhar-e-Islam Jamiya Rizviya islom seminariyasiga rahbarlik qilgan[1]. Sardor Ahmad Chishtiy Butun Hindiston sunniy konferensiyasining homiysi boʻlgan va Pokiston harakatini qoʻllab-quvvatlagan[8][9].
U Chishti ordeni boʻyicha Shoh Muhammad Toj-ul-Haq Chishtiyga shogird tushgan va Hamid Rizoxon, Mustafo Rizoxon Qodriy va Amjad Ali Azmiydan vorislik va oʻqituvchilik ruhsatini olgan, ular unga barcha azizlarning ishtirokida oʻqituvchilik ruxsati hamda vorisligini berishadi. Sardor Ahmad Chishtiy Ahmad Rizoxonning shogirdi edi[10]. Uning shogirdi islom olimi Muhammad Ibrohim Siddiqiy boʻlib, Mavrikiyda sunniy Razviylar jamiyatini tuzgan[11]. U Muhammad Abdugʻafur Hazarviyga yaqin kishilardan biri edi. Ikkalasi ham Hamid Rizoxondan tahsil olishgan[12].
Bir fatvoga koʻra, inson shariatga koʻra yashirishi kerak boʻlgan tana aʼzolarini qoplaydigan kiyim kiyishi kerak. Zeb-ziynat uchun kiyim kiyish va Alloh bergan neʼmatlarini izhor qilish tavsiya etilmaydi deyilgan[13].
Sardor Ahmad 1962-yil 29-dekabrda (1382-hijriy 1-Shaʼbon) vafot etgan va uning ziyoratgohi sunniy Rizviy Jomʼe masjidi Faysalobod shahrida joylashgan[3].
U tomonidan amalga oshirilgan ishlar:[3]
U haqida