Ilgari | Pan-Atlantik kemalari korporatsiyasi |
---|---|
Sanoat | Yuk tashish |
Asos solingan | 1956 |
Asoschi | Malkom Maklin |
Tuagtilgan | 2023 |
Bosh qarorgoh | Miramar, Florida, A.Q.SH. |
Oldingi nomi | Maersk |
Sayt | www.sealandmaersk.com |
Sea-Land (so'ngra Maersk SeaLand va SeaLand deb nomlangan) bosh qarorgohi Amerikaning Florida shtati, Miramar shahrida joylashgan, 29 mamlakatda vakolatxonaga ega bo'lgan mintaqaviy konteyner tashish kompaniyasi edi. U konteyner kemalari, yuk mashinalari va mijozlarga xizmat ko'rsatadigan temir yo'llardan foydalangan holda okean va intermodal xizmatlarni Janubiy va Shimoliy Amerika, Markaziy Amerika va Karibliklar o'rtasidagi xaridorlarga xizmat ko'rsatishga taklif berdi[1]
Sea-Land Malcom McLean tomonidan Pan-Atlantik Usul kemalari korporatsiyasi sifatida tashkil etilgan.[2] Ushbu jarayon kompaniyalarga vaqtni tejashga, xarajatni tejash orqali xalqaro savdoni kengayishiga olib keldi.
1956-yil, 26-aprel kuni McLean dunyodagi birinchi konteyner kemasi Ideal-Xni taqdim etdi. U Nyu-Jersi shtatining Newark shahridan, Texas shtatining Houston shahriga 58 ta alyuminiy konteynerlar bilan boradi.
1960-yil aprel oyida kompaniya nomi Pan-Atlantik Steamship Corporation-dan, Sea-Land nomiga o'zgartirildi. [3]
1967-yildan, 1973-yilgacha, Vetnam urushi davrida Hindixitoy yarim oroliga oyida 1200ta konteyner yetkazib berish bilan Sea-Land taniqli bo'ldi, bu AQSh Mudofaa vazirligi tomonidan 450 million dollar daromad keltiradi.
1969-yil, yanvar oyidan 1999-yilgacha, Sea-Land RJ Reynolds Tobacco Company, CSX va boshqalar egaligiga o`tdi.
1999-yil mart oyida, CSX Sea-Landni uchta qismga ajratdi: xalqaro yuk tashish kompaniyasi, mahalliy yuk tashish kompaniyasi va terminal operatori. 1999-yil, dekabr oyida Maersk xalqaro konteyner tashish biznesini sotib oldi.
2000-yilda Maersk Line o'zining global tijorat nomini Maersk SeaLandga o'zgartirdi. 2003-yilda Carlisle Group CSX-dan mahalliy yuk tashish qismini sotib oldi va nomini Horizon Lines deb o'zgartirdi.
2006-yilda, P&O Nedlloyd sotib olganidan keyin Maersk SeaLand kompaniyasi Maersk Line deb qayta nomlanganida, SeaLand o`z faoliyatini to`xtatadi.
2014-yil yanvar oyida, butun Amerika mintaqasida brendning kuchli tan olinishi tufayli,[4] Maersk, SeaLand brendini, mintaqa ichki tashuvchilikka ixtisoslashtirilgan sifatida qayta tiklashni e'lon qildi, bu esa 2015-yil yanvar oyidan boshlab Amerika ichki savdo uchun mavjud Maersk Line tarmog'ini egallashga olib keladi.2023-yil, yanvar oyida Maersk brendni tugatilishini e'lon qiladi.
https://en.wikipedia.org/wiki/SeaLand. Oxirgi marta: 2024-yil, 13-iyul