Sediqa Balxi صدیقه بلخی | |
---|---|
![]() Sediqa Balxi 2013-yil sentyabr | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
1950 (yoshi 74–75) Mozori Sharif, Balx viloyati, Afgʻoniston |
Kasbi | siyosatchi |
Sediqa Balxi (dariycha: صدیقه بلخی) Afgʻoniston siyosatchisi va Hamid Karzay hukumatining sobiq vaziri[1].
Balxiy 1950-yilda Afgʻonistonning Balx viloyati, Mozori Sharif shahrida tugʻilgan. Uning otasi Ismoil Balxiy Afgʻonistonda bir necha bor qamoqqa tashlangan va oxir-oqibat zaharlab oʻldirilgan[2]. U islomshunoslik boʻyicha bakalavr darajasini tamomlaydi va Eronda qolib, keyingi taʼlim bosqichini davom ettiradi. U bir muncha vaqt oʻqituvchilik qiladi va menejer boʻlib ishlaydi[3]. Sediqa Balxi juda yosh vaqtida turmushga chiqqan va olti nafar farzandi bor. Uning akasi Seyid Ali Balxiy iqtisodchi boʻlib, Afgʻoniston kommunistik Xalq demokratik partiyasi hukmronligi davrida oʻldirilgan[2].
Balxiy Tolibon hukmronligi davrida Eronning Xuroson viloyatida joylashgan afgʻon ayollarining siyosiy va madaniy faoliyati boʻyicha Islom markazida rahbarlik qilgan. Sediqa 1991-yilda Afgʻonistonga koʻchib oʻtadi va u yerda yashirincha ishini davom ettiradi[4]. 2001-yil dekabr oyida u Bonn kelishuvida ishtirok etgan uchta ayoldan biri hisoblanadi[5]. U ikki marta Meshrano Jirga (Afgʻoniston senati) deputati etib saylangan. Afgʻoniston senatida Xotin-qizlar ishlari boʻyicha qoʻmita raisi boʻlib ishlagan[2]. Sediqa 2004-yildan 2009-yilgacha Hamid Karzay hukumatida shahidlar va nogironlar vaziri lavozimida faoliyat yuritgan[6]. 2005-yilda Balxiy va Afgʻoniston armiyasi boshligʻi Bismilloh Xon Muhammadiy bilan vertolyot halokatidan omon qolishgan. Falokat baxtsiz hodisa deb taxmin qilingan[7][8].