„Sementchi“ | |||
Toʻliq nomi | Quvasoyning „Sementchi“ futbol klubi | ||
Laqabi | Sementchilar, Quvasoyliklar | ||
Asos solingan | 1987-yil | ||
Stadion | „Sementchi“ | ||
Stadion hajmi | 5000 | ||
Bosh direktori | Abdusomad Nazriddinov | ||
Murabbiyi | Abdumalik Hakimov | ||
Musobaqasi | Birinchi liga | ||
2023 | 1 | ||
|
"Sementchi" – Fargʻona viloyati, Quvasoy shahrining oʻzbek futbol klubi. Hozirda Oʻzbekiston Birinchi ligasida toʻp suradi.
1987-yilda tashkil etilgan. 1988-yilgi mavsumda klub Oʻzbekiston SSR chempionatida oʻynagan. 1997-yilda Oʻzbekiston chempionati Ikkinchi ligasi final bosqichida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan. 1998-yilgi mavsumdan boshlab Birinchi ligada qatnasha boshladi.
2002-yilda 2-oʻrinni egallab, Oliy ligaga yoʻl oldi. 2003-yilgi mavsumda Oliy ligada muvaffaqiyatsiz oʻynadi (oxirgidan oldingi, 15-oʻrin) va yana Birinchi ligani tark etdi.
2008-yilda moliyaviy muammolar tufayli klub Oʻzbekiston chempionati va kubogida ishtirok etishdan bosh tortdi. 2014-yilda qayta tiklandi va yana Ikkinchi liganing final bosqichida oʻynadi.
Keyingi 3 mavsumni Birinchi ligada oʻtkazdi va oʻz tarixida birinchi marta 2017-yilda uning gʻolibiga aylandi. Ammo keyin 2018-yilgi Oʻzbekiston Superligasida ishtirok etishiga ruxsat berilmadi. Jamoa bir necga mavsum yarim professional tarzida Oʻzbekiston ikkinchi ligasida faoliyat olib bordi. 2022-yildan Oʻzbekiston ikkinchi ligasi oʻtish turnirida 2-oʻrinni olib 2023-yilgi Oʻzbekiston Birinchi ligasiga chiqdi.
|
|
Murabbiy | Yillar |
---|---|
Murod Ismoilov | ? |
Abdumalik Hakimov | ? |
Sardor Zokirov | 2022- |