Avvalgi nomi
|
Seul Milliy sanoat Universiteti(1988-1993) Seul Milliy texnologiya Universiteti (1993-2010)[1] | ||||
---|---|---|---|---|---|
Shiori | Bizning orzu, sizning kelajak | ||||
Turi | Davlat universiteti | ||||
Tashkil topgan | 1910-yil | ||||
Prezidenti | Lee Dong-Hoon | ||||
Ilmiyhodimlar
|
865 (2020)[2] | ||||
Maʼmuriy hodimlar
|
1329 (2020)[2] | ||||
Talabalar | 11,472 (2020)[2] | ||||
Bakalavr | 9,929 (2020)[2] | ||||
Magistratura | 1,543 (2020)[2] | ||||
Joylashuvi |
|
||||
Website | www.seoultech.ac.kr | ||||
Seul Milliy Fan va Texnologiya Universiteti (SeoulTech) — Janubiy Koreya, Seul, Nowon-gu shahrida joylashgan davlat universitetidir .
Seul Milliy Fan va Texnologiya Universiteti Eoeudong davlat kasb-hunar maktabi negizida tashkil topgan. [3] Keyinchalik maktab Gyeongseong davlat-sanoat maktabi, Gyeonggi texnik kolleji va Seul milliy texnologiya universiteti sifatida qayta tashkil etildi.2010-yil sentyabr oyida tashkil etilganligining 100 yilligi munosabati bilan „Seul Milliy Fan va Texnologiya Universiteti“ deb nomlandi.Muassasa „Seultech“ nomi bilan ham tanilgan.
Bugungi kunda Seultech 508,690 kvadrat metrlik (124 akr) keng kampusga, oltita kollej, 23 boʻlim, yettita aspiranturaga ega va 11,500 kishilik talaba tahsil oladigan yirik universitetdir. [4] Bu Seul universitetlari orasidagi beshinchi eng katta kampusdir. Seul Milliy Fan va Texnologiya Universiteti 2015-yilda Quacquarelli Symonds (QS)ga koʻra [5] Janubiy Koreyada ikkinchi va Osiyoda 23-oʻrinni egallagan. 2015-yilda Korea Economic Daily nashri tomonidan. [6]fan va muhandislik sohasida Janubiy Koreyada 15-oʻrinni egallagan.
Muhandislik kolleji
Axborot va kommunikatsiya muhandisligi kolleji
Energetika va biotexnologiya kolleji
Sanʼat va dizayn kolleji
Gumanitar va ijtimoiy fanlar kolleji
Biznes va texnologiya kolleji
Universitet tarkibida uchta professional aspirantura va uchta maxsus aspirantura mavjud. Ulardan tashqari, bir qator ixtisoslashgan ilmiy-tadqiqot institutlari mavjud.
Seul Milliy Fan va Texnologiya Universitetidagi kutubxona 1910-yil aprel oyida Eoeudong davlat kasb-hunar maktabi tashkil etilganidan beri faoliyat koʻrsatmoqda. Bugungi kunda kutubxonada 600 987 jild , 11 928 elektron kitob, 23 259 audiovizual materiallar, mahalliy va xorijda nashr etilgan 446 ta davriy va akademik jurnallar mavjud. [7]
2004-yil oxirida qurib bitkazilgan markaziy kutubxona binosi 9281 maydonni egallagan uch qavatdan iborat. Birinchi qavatda kutubxona boʻlimi, seminar xonalari, Gʻarbiy arxiv va axborotni qayta ishlash markazi joylashgan. Ikkinchi qavatda Sharq arxivlari va maʼlumotnomalari, davriy nashrlar va akademik jurnallar xonasi joylashgan. Uchinchi qavatda multimedia xonasi, guruhli o‘quv zali joylashgan. 2011-yilda rekonstruksiya qilingan..Kutubxona professor-o‘qituvchilari va talabalarining 100 yil davomidagi ilmiy tadqiqot ishlarini jamlagan.
Kutubxonadan tashqari axborot-kompyuter markazi, matbuot va radioeshittirish markazi; umumiy laboratoriya binosi; biznes inkubatsiya markazi; oʻquv jihozlarini boshqarish va texnik yordam markazi; va xalqaro almashinuv markazlari ham mavjud. Shuningdek,til taʼlimi va tadqiqot instituti ham mavjud boʻlib, unda yigirmata ona tilisi ingliz tili boʻlgan oʻqituvchilari faoliyat olib boradi.
Talabalarning qariyb yarmi nisbatan arzon narxlarda taʼlim olishni taklif qiluvchi stipendiya dasturidan foydalanadi. 2015-yilda 11500 talabaning taxminan 6000 nafari stipendiya asosida taʼlim olgan. [8] 2014-yilda kontrakt narxining 47%i stipendiyalar uchun sarflangan. Seultech shuningdek, bir qator moliyalashtirilgan xalqaro hamkorlik dasturlari va Buyuk Britaniyadagi Northumbria universiteti bilan ikkita qoʻshma dasturlarga ega.
Til taʼlimi va tadqiqot instituti [9] universitetning ingliz, koreys, xitoy va yapon tillarini oʻrganish ehtiyojlarini qondirish uchun turli til dasturlarini taqdim etadi. Hozirda 26 ta professor-o‘qituvchilar mavjud. [10] va u oʻquv dasturlarini modernizatsiya qilish, tadqiqot va nashr etish imkoniyatlarini kengaytirish hamda madaniyatlararo almashinuv ruhini rivojlantirishga qaratilgan.
2014-yil mart oyida universitetning Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi universitet ramzini aniqlash uchun o‘zining birinchi ramziy qo‘mitasini o‘tkazdi. 2013-yil aprel oyida oʻqituvchilar va professor-oʻqituvchilar uchun birinchi soʻrovnomadan soʻng, universitet ramzini joriy etish maqsadida 2013-yil iyun oyida 12807 nafar bakalavriat va magistratura talabalari ishtirokida ikkinchi soʻrovnoma oʻtkazildi. Va bunda Xaytay eng ko‘p ovoz to‘plagan. [1] (Wayback Machine saytida 2023-04-16 sanasida arxivlangan)
2021-yilda Seul Milliy Fan va Texnologiya Universitet neft muhandisligi sohasida dunyo miqyosida 51-100 va elektrotexnika va elektron muhandislik boʻyicha dunyoda 401-450 oʻrinlarni egalladi. [11]Andoza:Infobox South Korean university ranking