Shaxnoza Yunusova | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Tavallud sanasi |
2-yanvar 1999-yil Toshkent, Oʻzbekiston |
Sport | |
Qaysi sport | Boks |
Shaxnoza Mutaljonovna Yunusova (1999-yil 2- yanvar Toshkent, Oʻzbekiston tugʻilgan) — oʻzbek bokschi, yarim oʻrta vazn toifasida ishtirok etadi. 2019-yilda boks boʻyicha Osiyo chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritgan. Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi hisoblanadi.
Shaxnoza sport karerasini 2018-yilda boshlagan[1]. 2018-yilda u boks boʻyicha ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida qatnashgan va u yerda kanadalik raqibi Mariam Da Silva Rondoga 1/8 hisobida magʻlub boʻldi. Shaxnoza Yunusova 2019- yilda Bangkokda (Tailand) boks boʻyicha oʻtkazilgan Osiyo chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritdi[2]. U 2019- yilda Ulan-Ude (Rossiya) shahrida boʻlib oʻtgan ayollar oʻrtasidagi boks boʻyicha jahon chempionatida u dastlabki uchrashuvda tojikistonlik raqibi Idimox Xolovani magʻlubiyatga uchratdi[3], ammo polshalik bokschi Karolina Koshevskayaga yutqazib qoydi[4][5].