Shrenu Parikh | |
---|---|
Parikh, 2017-yil. | |
Tavalludi |
11-noyabr |
Fuqaroligi | hind |
Kasbi | aktrisa |
Faoliyat yillari | 2010-yildan hozirgacha |
Shrenu Parikh- hindistonlik aktrisa boʻlib 11-noyabrda tavallud topgan[1]. Uning Iss Pyaar Ko Kya Naam Doon? Ek Baar Phir (2013-2015) romantik dramasidagi Aastha Agnihotri, Ishqbaaaz serialidagi Gauri Kumari Sharma rollarini yaxshi ijro etganligi uchun tomoshabinlar eʼtirofiga sazovor boʻlgan.
Shrenu Vadodarada tu’gilib oʻsgan[2][3]. U maktabni Navarachana Vidyani Vidyalayada oʻqigan, keyinchalik Vadodaradagi Babaria farmasevtika institutida bakalavr darajasini oladi[4][5]. Shrenuning Shubham Parikh ismli ukasi bor[6].
Shrenu ekranlarda chiqishni 2010-yilda Zindgi Ka Har Rang…Gulaal shousidan boshlaydi. U birinchi marotaba bosh rolni 2011-yilda Colors Tv dagi Havan shousida ijro etgan. Keyin u Sony TVda namoyish etilgan Gaurav Khanna bilan Byaah Hamari Bahoo Ka filmida bosh rolda oʻynagan. Bu rolni ijro etgandan soʻng, u intervyularidan birida „Bu rol orqali men aktyorlik mahoratimni oshirdim“ -, deydi[7].
2013-2015 yillarda StarPlusda namoyish etilgan Iss Pyaar Ko Kya Naam Doon? Ek Baar Phir romantik dramasida Avinash Sachdev bilan bosh rollarda oʻynagan. Filmda u oilasidagi ayollar haq-huquqi uchun uydagi zoʻravonliklarga qarshi kurashishdan toymaydigan Aastha Agnihotri obrazini yoritadi[8]. Aastha rolida tanilganidan soʻng turli kinolardan bir qator takliflar oladi[9].
2017-yilda StarPlusda namoyish qilingan Dil Boley Oberoi serialida Kunal Jaisingh bilan birga suratga tushadi. U Gauri Kumari Sharma obrazini gavdalantiradi[10]. Shrenu keyinchalik bu serial Ishqbaaaz seriali bilan birlashtirilganidan soʻng ham Gauri Kumari Sharma obrazida oʻynashni davom etdi, 2018-yilda serial fasllari tugangandan soʻng suratga tushmagan.
2023-yil fevraldan beri Zee TVda namoyish etilayotgan Maitree serialida Maitree rolini ijro etmoqda[11].
Yili | Nomi | Roli | Izoh | Manba |
---|---|---|---|---|
2010 | Gulaal | Roopa | Cameo | |
2011 | Havan | Aastha | ||
2012 | Byaah Hamari Bahoo Ka | Rajni | [7] | |
2013–2015 | Iss Pyaar Ko Kya Naam Doon? Ek Baar Phir | Aastha Agnihotri | [8] | |
2017 | Dil Boley Oberoi | Chulbul / Gauri Kumari Sharma | [10] | |
2017–2018 | Ishqbaaaz | [10] | ||
2019 | Ek Bhram Sarvagun Sampanna | Janhvi / Pooja Sharma | [9] | |
2021–2022 | Ghar Ek Mandir – Kripa Agrasen Maharaj Ki | Genda | ||
2023–present | Maitree | Maitree Mishra Tiwari |
Yili | Nomi | Roli | Manba |
---|---|---|---|
2019 | Nach Baliye 9 | Herself | [12] |
Sitaaron Ki Vijayadeshami | Saudamini | [13] |
Yili | Nomi | Roli | Tili | Manba |
---|---|---|---|---|
2017 | Thodi Thodi Si Manmaaniyan | Neha Dutta | Hindi | [14] |
2018 | Lamboo Rastoo | Shruti Yagnik | Gujarati | [15][16] |
2023 | Family: Politics of Blood | Hindi |
Yili | Nomi | Roli | Tili | Izoh | Manba |
---|---|---|---|---|---|
2021 | Kshadyantra | Shalini Patel | Gujarati | ||
Damaged | Shanaya Roy | Hindi | Season 3 |