Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Shubham Sarangi[1] | ||
Tavallud sanasi | 24-iyun 2000-yil | ||
Tavallud joyi | Visakhapatnam, Hindiston | ||
Boʻyi | 1.79 m (5 ft 10 1⁄2 in) | ||
Ampluasi | Himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Odisha FC|Odisha | ||
Raqami | 15 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
2015-16 | Minerva Punjab | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2017-2019 | Delhi Dynamos | 9 | (0) |
2019- | Odisha | 31 | (0) |
Milliy terma jamoa | |||
2016-2017 | Hindiston U17 | 8 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (18-dekabr uchun) |
Shubham Sarangi (2000-yil 24-iyunda tugʻilgan) — hind professional futbolchisi, Hindiston Superligasida „Odisha“ klubida oʻng qanot himoyachisi[2]
Sarangi Visakxapatnamda tugʻilgan. Uning ota-oansining asl kelib chiqishi, Odishaning Balasore shahriga borib taqaladi (ota-onasi shu yerda tugʻilgan)[3][4]. Shubham Sarangi toʻrt yoshida oilasi Dehliga koʻchib oʻtdi va u yerda bolaligidan futbol oʻynab oʻsdi.[5][6] Bolaligida Shubham Sarangi Kargil urushi shahidi kapitan Vijayant Thapar xotira kubogida oʻzining Noidadagi armiya davlat maktabi uchun oʻynagan. Shubham Sarangi 2013-yilda Eronda bo‘lib o‘tgan U14 AFC saralash turnirida Hindiston sharafini himoya qilgan. Shundan soʻng, Shubham Sarangi Hindiston uchun U-17 Jahon chempionati loyihasiga chaqirildi va Goa shahrida mashgʻulotlarni davom ettirdi. Shubham Sarangi AIFF tomonidan tashkil etilgan ekspazitsiya safari doirasida turli mamlakatlarga sayohat qilgan.
2015-16-yillarda Shubham Sarangi Minerva Punjab FC akademiyasi uchun oʻynadi va U-15 va U-18 I-ligada ishtirok etdi va Ligada 8 ta gol urdi va Liganing eng yaxshi toʻpurarlari qatoriga kirdi. Shundan soʻng Shubham Sarangi Hindiston milliy terma jamoasi U-17 Jahon chempionati futbol jamoasida oʻynashni davom ettirdi[7][8].
2018-yilda Sarangi Qatarning „Aspire“ akademiyasiga to‘rt oylik mashg‘ulotlarga bordi[9].
2017-18-yillarda Shubham Sarangi Dehli Dynamos FC tomonidan tanlab olingan. Shubham Sarangi besh yarim oy davomida yoshlarni rivojlantirish va tayyorlash uchun Dohada joylashgan yetakchi xalqaro akademiya boʻlgan Aspire akademiyasiga yuborilgan.[10] Qaytib kelgach, Shubham Sarangi 2018-2019-yilgi mavsumda Dehli Dinamosi safida oʻng qanot himoyachisi sifatida 9 ta oʻyinda maydonga tushdi.
Dehli Dynamos FC jamoasi bilan tuzgan shartnomasi tugaganidan keyin Shubham Sarangi 2019-2020 mavsumi oldidan Odisha FC jamoasiga qoʻshildi. Shubham klubning ilk mavsumida Odisha FC safida 17 ta oʻyinda maydonga tushdi. Bu natija ilk mavsum uchun yaxshi natija boʻlishiga qaramay Shubham Sarangi jamoa safida birorta gul ora olmadi.