Shvetsiya ayollar xokkey ligasi (shvedcha: Svenska damhockeyligan), qisqartirilgan SDHL, Shvetsiyadagi ayollar xokkeyi boʻyicha elita ligasidir. Shvetsiya ayollar xokkey ligasi 2007-yilda Riksserien sifatida tashkil etilgan. Keyinchalik 2016—2017-yilgi mavsumda Shvetsiya xokkey assotsiatsiyasi tomonidan Riksserienning nomi oʻzgartirilgan[1][2]. Ligada oʻnta jamoa bor va Damettan bilan koʻtarilish va quyi ligaga tushish tizimi qoʻllanadi. 2022—2023-yilgi mavsumda bor-yoʻgʻi oʻn uchta oʻyin oʻtkazgandan soʻng, Göteborg HC xokkey klubining kutilmaganda ligani butunlay tark etishi oqibatida oʻsha mavsumning qolgan qismida jamoalar soni toʻqqiztaga tushib ketdi[3].
Muntazam mavsum ikki davrali turnir boʻlib, har bir jamoa ikki marta oʻz uyida va ikki marta mehmonda boshqa jamoalarga qarshi oʻynaydi. Natijada har bir jamoa 36 oʻyindan iborat mavsumni oʻtkazishiga toʻgʻri keladi. Muntazam mavsumdan soʻng, eng yaxshi oltita ayollar jamoa Shvetsiya ayollar chempionatining pley-off bosqichiga yoʻl oladi (shvedcha: SM-slutspel damer). SDHLda muntazam mavsumdagi eng yomon natijalarga ega boʻlgan ikki jamoa qolgan uchrashuvlarda maydonga tushmay pley-offni tark etadi. Qolgan toʻrtta saralangan jamoa chorak finalda oʻyinlarni davom ettiradi. Chorak finalda 3-oʻrinni egallagan jamoa 5 va 6-oʻrindagi jamoalardan birini oʻzi uchun raqib sifatida tanlaydi va qolgan klub 4-oʻrindagi jamoa bilan bahslashadi. Yarim finalda birinchi oʻrinni egallagan jamoa chorak finalning ikki gʻolibi orasidan oʻzi uchun raqib tanlash imkoniyatiga ega boʻladi.
Muntazam mavsumda eng yomon koʻrsatkichga ega boʻlgan ikki jamoa SDHLdagi oʻz oʻrinlarini Damettan raqiblariga qarshi himoya qilish uchun saralash oʻyinini oʻtkazishga majbur.
2007-yilda SDHL tashkil topganidan beri Luleå HF/MSSK xokkey jamoasi beshta Shvetsiya chempionligini qoʻlga kiritgan eng muvaffaqiyatli klub boʻldi. Luleå 5 marta ligada birinchi oʻrinni egallagan muntazam mavsumdagi eng muvaffaqiyatli jamoa boʻldi. Modo xokkey jamoasi 2012-yilda gʻalaba bilan chempionlikni qoʻlga kiritgan Stokgolm hududidan tashqaridagi birinchi jamoa edi.
Jamoa | Shahar | Arena | Bosh murabbiy | Sardor |
---|---|---|---|---|
AIK | Solna | Ritorps Ishall | Carl Wendt | Sara Säkkinen |
Brynäs IF | Gävle | ERP Arena | Filip Eriksson | Rosa Lindstedt |
Djurgårdens IF | Stokgolm | Hovet | Rickard Hårdstam | Josefine Holmgren |
Goteborg | Angered Arena | Snorri Sigurbergsson | Alexa McMillan | |
HV71 | Jönköping | Husqvarna | Peter Hammarström | Sanni Hakala |
Leksands IF | Leksand | Tegera Arena | Jordan Colliton | Abby Thiessen |
Linköping HC | Linköping | Stångebro Ishall | Simon Hedefalk | Madelen Haug Hansen |
Luleå HF/MSSK | Luleå | Coop Norrbotten Arena | Mikael Forsberg | Jenni Hiirikoski |
MoDo xokkey | Örnsköldsvik | Hägglunds Arena | Jared Cipparone | Olivia Carlsson |
SDE xokkey | Danderyd | Enebybergs Ishall | Jan Bylesjö | Kelly Murray |
|
|
|
|
SDHLda oʻrtacha ishtirok Shvetsiyadagi boshqa professional ligalarga va Shimoliy Amerikadagi Milliy Xokkey Ligasiga qaraganda ancha past boʻlgan boʻlsa-da, ligaga koʻproq sarmoya kiritilishi va ayollar klublari oʻz jamoalari tomonidankoʻproq eʼtiborga olinayotganligi sababli davomat (ishtirok) ortib bormoqda. Klublar oʻrtasida tomoshabinlar sonida sezilarli tafovut mavjud, Luleå HF/MSSK klub tashkil topganidan buyon (ularning stadionlariga eng koʻp tomoshabinlarning tashrif buyurishi boʻyicha) ligani boshqarib kelgan. Bu klub oʻyinlariga tashrif buyuruvchilar soni koʻpincha tashrif buyuruvchilar eng yomon kelgan klublardan deyarli oʻn baravar koʻpdir. Pley-off oʻyinlariga tashrif buyuruvchilar ham odatdagi mavsumga qaraganda ancha yuqori boʻlib, 2017—2018 va 2018—2019-yilda har bir oʻyinda oʻrtacha 900 tani tashkil etdi.
Mavsum | Oʻrtacha | Eng yuqori | Eng past |
---|---|---|---|
2013—2014 Riksserien mavsumi | 114 | Munksund Skuthamn SK (205) | Segeltorps IF (59) |
2014—2015 Riksserien mavsumi | 102 | Munksund Skuthamn SK (132) | IF Sundsvall Xokkey jamoasi (54) |
2015—2016 Riksseryen mavsumi | 141 | Luleå HF/MSSK (468) | IF Sundsvall xokkey jamoasi (57) |
2016—2017 SDHL mavsumi | 179 | Luleå HF/MSSK (542) | SDE xokkey jamoasi (54) |
2017—2018 SDHL mavsumi | 192 | Luleå HF/MSSK (442) | SDE xokkey jamoasi (65) |
SDHL 2018—2019-yilgi mavsumi | 234 | Luleå HF/MSSK (831) | SDE xokkey jamoasi (42) |
SDHL 2019—2020-yilgi mavsumi | 178 | Luleå HF/MSSK (539) | SDE xokkey jamoasi (48) |
SDHL tarixidagi eng yaxshi oʻn ochko toʻpurarlari (gollar + assistlar).
Eslatma: Nat = Millati; Pos = Pozitsiya ; GP = Oʻynalgan oʻyinlar ; G = Gollar ; A = Assislar ; Pts = Ballar ; P/G = Oʻyin uchun ochko
Millati | Oʻyinchi | Pos | GP | G | A | Pts | P/G |
---|---|---|---|---|---|---|---|
Denise Altmann | RW | 337 | 277 | 286 | 563 | 1.67 | |
Emma Nordin | C | 376 | 210 | 262 | 472 | 1.26 | |
Erika Grahm | LW / C | 385 | 179 | 212 | 391 | 1.02 | |
Line Bialik Øien | LW/RW | 322 | 186 | 200 | 386 | 1.20 | |
Lisa Johansson | RW/LW | 425 | 220 | 142 | 362 | 0,85 | |
Andrea Schjelderup Dalen | LW | 283 | 199 | 145 | 344 | 1.22 | |
Anna Borgqvist | C | 371 | 141 | 197 | 338 | 0,91 | |
Josefine Jakobsen | C | 277 | 149 | 165 | 314 | 1.13 | |
Michelle Karvinen | RW/LW | 152 | 141 | 173 | 314 | 2.07 |