Soparnik

Soparnik (Cro xorvatcha: Soparnik- bu shveytsariya mongoldi(yapqoqli lavlagi) bilan toʻldirilgan mazali Xorvatiya pirogi. Boshqa nomlari — soparnjak, zeljanik yoki uljenjak. Bu Split va Omiš oʻrtasidagi Politsning Dalmatiya mintaqasidagi eng mashhur taomidir. Bu taom dastlab sovuq mavsumda eski va shirinroq mangold mavjud boʻlganda tayyorlangan.

Bu topilishi mushkul boʻlmagan mahalliy ingredientlardan tayyorlanadigan juda oddiy taom.Eng oddiy xamirning ikki qatlami orasiga piyoz, petrushka bilan lavlagi-mongold solib pishiriladi. Koʻpgina mahalliy variantlar orasida yongʻoq, quritilgan mevalar yoki karamel solinadigan desert koʻrinishidagilari ham uchraydi. 2016-yilda Yevropa Komissiyasi geografik kelib chiqishi maʼlum boʻlgan Soparnikni Xorvatiyaning nomoddiy milliy merosi roʻyxatiga kiritdi[1].

Aytishlaricha, retseptning kelib chiqishi Usmonlilar imperiyasi (XV-XIX asrlar) davriga toʻgʻri kelar ekan. Mintaqa mazkur taomni rimliklar Italiyaga olib kelgan italyan pitsasining prototipi deb hisoblashadi. Bu taom goʻshtsiz tayyorlanadigan va muhtojlar taomi sifatida keng tarqalgan. Bugungi kunda u milliy madaniyat namunasi sifatida bozorlar va restoranlarda, shuningdek, tadbirlar va festivallarda tobora koʻproq sotilmoqda. 2005-yildan beri (2003) Dugi Rat munitsipalitetida soparniklarning maxsus festivali oʻtkaziladi[2]. „Polits soparniklarii“ (Udruga 'Poljički soparnik) deb nomlangan jamiyat ham mavjud. Xorvatiya Madaniyat vazirligi hamjamiyat bilan hamkorlikda Soparnikni Xorvatiyaning nomoddiy madaniy merosi deb eʼlon qildi[3].

Tayyorlanishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mongold yaproqlar suv bilan yuvilib, yaxshilab quritiladi. Buning uchun ularni yoyib, ustidan biroz un sepib, bir kechaga qoldirish mumkin. Mongoldni bandidan tozalab, somon shaklida toʻgʻrash mumkin. Keyin esa toʻgʻralgan piyoz, petrushka zaytun moyi va tuz aralashtiriladi. Xamiri yetarlicha un, tuz, zaytun moyi va suv bilan tayyorlanadi. U ikkita teng qismga boʻlinadi va bir muddat tindiriladi. Birinchi qism doira shaklida juda yupqa qilib (2 dan 3 millimetrgacha) yoyiladi. Ustidan bir tekisda qiyma solinadi, chekkalaridan biroz boʻsh joy qoldiriladi. Ustiga ikkinchi qavat xamir yopib, chetlarini burab chiqiladi. Anʼanaga koʻra, soparnikni komin deb ataladigan qizib turgan pech pishiriladi va ustiga koʻmir sepiladi. Yuqori qatlam qaynayotgan qiymaning bugʻidan shishib ketganda, uni bir necha marta teshish kerak. Pirogni qiyma qaynagunicha taxminan 15-20 daqiqa davomida pishirish kerak (duxovkada 200 °C haroratda). Shundan soʻng pirogning yuzasi ishqalanganda (yoki xamir jigarrang boʻlib) kamindan shitirlagan ovoz chiqa boshlaydi. Vanihoyat taom pechdan olinib, koʻmirdan tozalanadi. Sovutilgach, ustidan zaytun moyi surtilib, mayda toʻgʻralgan sarimsoq sepiladi. Dasturxonga odatda romb shaklida boʻlaklarga boʻlib tortiladi[4].

  • Tena Mimica (2008), „8. Soparnik – ein traditionelles Gericht aus Poljica“ (PDF), Städtische Märkte in Kroatien (nemischa), Wien: Universität Wien, 97 ff-bet
  • Oznaka zemljopisnog podrijetla "Poljički soparnik", "Poljički zeljanik", "Poljički uljenjak" – Specifikacija proizvoda (PDF) (xorvat), Udruga "Poljički soparnik”, 12-iyul 2011-yil{{citation}}: CS1 maint: date format ()