Soʻfiy Azizur Rahmon | |
---|---|
সুফি আজিজুর রহমান | |
Soʻfiy Azizur Rahmon ismining Islom hattotligida yozilishi | |
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Tavalludi | 1862-yil |
Vafoti | 1922-yil |
Dini | Islom |
Farzandlari | Harun Babunagariy |
Mazhab | Sunniy |
Yurisprudensiya | hanafiy |
Oqim | Deobandi |
Mashhur ish(lar)i |
Al-Jamiatul Ahlia Darul Ulum Moinul Islam Al-Jamia al-Arabia Nasirul Islam Nazirhat |
Alma mater | Mohsinia Madrasa |
Qarindoshlar |
Muhibbulloh Babunagariy (nabirasi) Junaid Babunagariy (evarasi) |
Ṣoʻfīy Azīzur Rahmon (bengalcha: সুফি আজিজুর রহমান; 1862—1922) musulmon ilohiyotchisi, oʻqituvchi va islohotchi. Talabalik hayotida Abdul Vohid Bengaliyning taʼsiri ostida u Deobandi harakatining Bengaliyaga tarqalishida faol ishtirok etgan. 1896-yilda u „Al-Jamiatul Ahlia Dorul Ulum Moinul Islam“ tashkilotiga asos solgan.
Azizur Rahmon 1862-yilda Chittagong tumani Fatikchxari shahridagi Babunagar qishlogʻida bengal musulmon oilasida tugʻilgan. Bu oila oʻz nasablarini xalifa Abu Bakr bilan bogʻlaydilar. Bolaligida u pokizaligi va kamtarligi bilan mashhur boʻlib, unga Soʻfi Saheb laqabini berishgan.
Uning taʼlimi Babunagarda boshlangan va keyinchalik Chittagongdagi Mohsiniya madrasasiga oʻqishga kirgan. Jamat-e-Ula dargohida oʻqiyotganda u Abdul Vohid Bengaliy bilan tanishadi. Azizur Rahmon Bengal tilidagi Qur’on tilovatini eshitib, unda ilhomlanadi va doimiy ravshda Qur’on tilovat qila boshlaydi. Keyinchalik Abdul Vohid uni diniy uyda taʼlim olishi uchun Abdus Samad Pandit huzuriga olib borsdi. Oxir-oqibat, Azizur Rahmon „Jamat-e-Ula“ imtihonida eng yuqori ball oladi[1][2].
Mohsiniya madrasasi xodimlari „Jamat-e-Ula“ imtihonlarida yuqori natijalarga erishganiga javoban Azizur Rahmondan madrasada muallim sifatida qolishini iltimos qilishadi. Biroq, u Britaniya hukumatiga qaram boʻlgan holda ishlashni istamagani uchun bu vazifani qabul qilmaydi[3]. Buning oʻrniga u oʻzining ustozi Abdul Vohid Bengaliy boshchiligidagi mustamlakachilikka qarshi Deobandi harakatiga qoʻshiladi. Ikkalasi Habibulloh Qurayshiy va Abdul Hamid Madarshahiyga qoʻshilib, Hathazariyda Al-Jamiatul Ahlia Dorul Ulum Moinul Islom tashkilotiga asos solishadi. Tashkil etilganidan ikki-uch yil o‘tgach, Azizur Rahmon mazkur muassasada o‘qituvchilik qila boshlaydi va o‘n-o‘n besh yil davomida shu lavozimda faoliyatolib boradi[4].
Azizur Rahmon Fotikchharida diniy taʼlim muassasalari yoʻqligini payqagan. Yechim sifatida u Nazirhat Bozorda Al-Jomia al-Arabia Nasirul Islomni tashkil etadi. Oradan bir necha yil o‘tgach, u madrasani Nur Ahmadga ishonib topshirib, ota-bobolarining Bobunagar qishlog‘iga jo‘nab ketadi. Uning rejasi Bobunagarda madrasa qurish edi.
Azizur Rahmon 1922-yilda Bobunagar madrasasini barpo etmasdan vafot etadi. U otasining mulkida Al-Jamiatul Islamiah Azizul Ulum Babunagarga asos solgan Horun Babunagariyning otasi hisoblanadi. Horunning oʻgʻli Muhibbulloh Babunagariy, Hefazat-e-Islom Bangladeshning amiri lavozimida ishlagan. Azizur Rahmonning nabirasi Fotima Xotun Bangladeshning Hefazat-e-Islom sobiq amiri Junaid Babunagariyning onasi hisoblanadi.