SpaceX CRS-17

SpaceX CRS-17
COSPAR ID Andoza:Cospar Buni Vikimaʼlumotlarda tahrirlash
SATCAT no. Andoza:Wd
 

SpaceX CRS-17 (shuningdek, SpX-17 nomi bilan ham tanilgan) NASA bilan Commercial Resupply Services (CRS) shartnomasi doirasida Xalqaro Kosmik Stantsiyasini taʼminlash dasturida SpaceXning Dragon avtomatik yuk fazo kemasining oʻn yettinchi parvozidir.

Ilgari SpaceX CRS-12 missiyasida foydalanilgan kosmik kemaning qayta parvozi[1].

2019-yil 3-maydagi parvozga urinish qoʻnish platformasini elektr taʼminoti bilan bogʻliq texnik nosozliklar va parvoz majmuasining yer usti uskunasida geliy oqishi tufayli toʻxtatildi[2].

Tashqi videofayllar
YouTube logotipi Parvoz vebkasti YouTubeda

Kema parvozi Kanaveral burnidagi SLC-40 parvoz majmuasidan Falcon 9 raketa tashuvchisi yordamida 2019-yil 4-may kuni UTC soat 06:48 da boʻlib oʻtdi[3][4].

Yaqinlashishi va tutashtirilishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Uchrashuv ikki sutkalik sxema boʻyicha oʻtkazildi[5]. 6-may kuni soat 11:01 UTC da XKS-59 bort muhandisi va Kanada kosmik agentligi astronavti David Saint-Jacques (talaffuzi: Devid Sen-Jak) NASA astronavtlari Tyler Nicklaus „Nick“ Hague (talaffuzi: Nik Xeyg) va Christina Cock (talaffuzi: Kristina Kuk) koʻmagida Kanadarm2 mexanik manipulyatori bilan yuk kemasini ushlab oldi[6]. Tutashuv Harmony modulining nadir qismida joylashgan Yagona tatashtirish mexanizmining faol uzeliga amalga oshirildi[7].

DragonXalqaro Kosmik Stantsiyaga 2482 kg foydali yuk yetkazdi.

1517 kg germetik boʻlinmada (qadoqlar bilan birga), shu jumladan[1]:

  • Ekipaj uchun oziq ovqat va buyumlar — 338 kg
  • Ilmiy tadqiqot uchun materiallar — 726 kg
  • Ochiq kosmosga chiqish uchun uskunalar — 10 kg
  • Stansiyaning jihozlari va qismlari — 357 kg
  • Kompyuterlar va aksessuarlar — 75 kg
  • Rossiya yuki — 11 kg

Tirik sichqonlar ham stansiyaga yetkazilgan va xuddi shu kema orqali Yerga stansiyadagilari qaytarilgan. JAXA eksperimenti doirasida kema stansiyada boʻlgan vaqtida 6 ta sichqon Oyning tortishish kuchi sharoitida boʻlgan (dunyoda birinchi marta).[8]

Umumiy massasi 965 kg boʻlgan yuk XKSga nogermetik konteynerda yetkazildi:

  • OCO-3 (Orbiting Carbon Observatory-3) atmosferadagi karbonat angidrid kontsentratsiyasi darajasini va kun davomida bu darajadagi oʻzgarishlarni global oʻlchash uchun asbobdir; XKS tashqarisida, yapon Kibo modulining tashqi eksperimental platformasida joylashtiriladi.
  • STP-H6 (Kosmik test dasturi-Xyuston 6) modulyatsiyalangan rentgen nurlari yordamida aloqa texnologiyasining namoyishi.
  1. 1,0 1,1 „SpaceX CRS-17 Mission Overview“ (en). NASA. 2019-yil 4-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 2-may.
  2. „Standing down today due to an electrical issue on the Of Course I Still Love You droneship. Teams will also address the ground side helium leak before tomorrow's backup launch opportunity at 2:48 a.m. EDT, 6:48 UTC.“ (en). Twitter. SpaceX (2019-yil 3-may).
  3. „Ракета-носитель Falcon 9 с кораблем Dragon стартовала к МКС“ (ru). Журнал «Новости космонавтики» (2019-yil 4-may). 2019-yil 4-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 4-may.
  4. „SpaceX launches space station resupply mission, lands rocket on drone ship“ (en). Spaceflight Now (2019-yil 4-may). 2019-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 8-may.
  5. Joe Latrell. „May the 4th be with you: SpaceX CRS-17 Dragon launches to ISS“. Space Flight Insider (2019-yil 4-may). 2019-yil 4-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 4-may.
  6. Tariq Malik. „SpaceX Dragon Delivers NASA Cargo to Space Station“ (en). Space (2019-yil 6-may). 2019-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 6-may.
  7. „Dragon пристыковался к МКС“. ТАСС. 2019-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 6-may.
  8. „World's first long-term habitation of mice on the International Space Station in a gravitational environment simulating the Moon! -- A first step toward expanding human activities into deep space.“ (en). JAXA (2019-yil 1-iyul). 2019-yil 18-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 18-iyul.