Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Stephen Winston Duke-McKenna | ||
Tavallud sanasi | 17-avgust 2000-yil | ||
Tavallud joyi | Liverpool, Angliya | ||
Boʻyi | 170 cm | ||
Ampluasi | Yarim himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Leyton Orient ijarada Queens Park Rangers klubidan | ||
Raqami | 40 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
2011-2018 | Everton | ||
2018-2019 | Bolton Wanderers | ||
2019-2020 | Queens Park Rangers | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2020- | Queens Park Rangers | 1 | (0) |
2020 | → Hemel Hempstead Town (ijara) | 7 | (0) |
2022 | → Torquay United (ijara) | 21 | (3) |
2022- | → Leyton Orient (ijara) | 3 | (0) |
Milliy terma jamoa‡ | |||
2018- | Guyana | 11 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (8-avgust uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (8-avgust uchun) |
Stephen Winston Duke-McKenna (2000-yil, 17-avgustda tugʻilgan) — Angliya EFL Championship Queens Park Rangers klubidan ijaraga olingan Leyton Orient ligasining ikkinchi jamoasida yarim himoyachi sifatida oʻynaydigan futbolchi. Angliyada tugʻilgan, ammo u xalqaro miqyosida Gayana terma jamoasini himoya qiladi.
U Everton yoshlar jamoasiga 11 yoshida[1] qoʻshilgan va 2017-yil, 7-dekabrda Apollon Limassolga qarshi Yevropa Ligasi oʻyinida kattalar jamoasi safida bitta zaxira oʻyinchisi sifatida tarkibga kiritilgan[2].
2018-yilning 15-iyunida u Bolton Wanderers bilan professional shartnoma imzoladi[3]. U 2018-19-yilgi mavsumda Bolton Wanderers Development Squad safida Professional Development ligasida maydonga tushgan.
2019-yil, 27-avgustda Duke-McKenna Queens Park Rangers bilan shartnoma imzoladi va jamoasining bir qismiga aylandi[4].
U 2020-yil oktabr oyida Hemel Hempstead Townga bir oylik ijara shartnomasi asosida qo‘shildi[5].
2021-yil, 17-aprelda u Queens Park Rangers safida Middlesbroughga qarshi safarda 2:1 hisobida g‘alaba bilan yakunlangan oʻyinning, 86-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi.
2022-yil, 21-yanvarda Duke-McKenna 2021-22-yilgi mavsumning qolgan qismida ijara asosida Milliy liga vakili Torquay Unitedga oʻtdi[6].
U 2018-yil oktabr oyida Gayana milliy futbol jamoasiga chaqirilgan[7]. U Gayana terma jamoasidagi debyutini 2018-yil, 20-noyabr kuni CONCACAF Millatlar ligasi saralashida Fransiya Gvianasiga qarshi o‘yinda 74-daqiqada Colin Nelson o‘rniga maydonga tushgan[8]. 2019-yil, 30-mayda Duke-McKenna CONCACAF-2019 Oltin Kubogi uchun Gayana terma jamoasi tarkibiga kiritilgan[9].
Klub | Mavsum | Liga | Angliya kubogi | Liga kubogi | Boshqa | Jami | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Divizion | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | ||
Queens Park Rangers | 2020-21 [10] | Championship | 1 | 0 | — | 0 | 0 | — | 1 | 0 | ||
2021-22 [10] | Championship | 0 | 0 | 0 | 0 | 3 | 0 | — | 3 | 0 | ||
2022-23 [10] | Championship | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | — | 0 | 0 | ||
Jami | 1 | 0 | 0 | 0 | 3 | 0 | — | 4 | 0 | |||
Hemel Hempstead Town (ijara) | 2020-21 [11] | National League South | 7 | 0 | 1 | 0 | — | 0 | 0 | 8 | 0 | |
Torquay United (ijara) | 2021-22 [10] | National League | 21 | 3 | — | — | — | 21 | 3 | |||
Karyera jami | 29 | 3 | 1 | 0 | 3 | 0 | 0 | 0 | 33 | 3 |