Sulton Ibrohim jome masjidi

Masjid
Sulton Ibrohim jome masjidi
malaycha: Masjid Jamek Sultan Ibrahim
Sulton Ibrohim jome masjidi
Mamlakat  Malayziya
Johor Muar shahri
Koordinatalar 2°02′47″N 102°33′30″E / 2.046468°N 102.558267°E / 2.046468; 102.558267
Yoʻnalishi sunniy
Masjid turi Masjid
Minoralar soni 1
Minoralar soni 1

Sulton Ibrohim jome masjidi (malaycha: Masjid Jamek Sultan Ibrahim) – Malayziyaning Johor sultonligi, Muar shahrida joylashgan tarixiy masjid. Bino Muar daryosiga yaqin joyda bunyod etilgan[1].

Muar shahrida joylashgan ilk jome masjidi 1887-yilda qurib bitkazilgan. 1920-yillarda Muar shahri uchun yangi jome masjidi qurish masalasini koʻrib chiqish uchun qoʻmita tuzilgan. Mablagʻ yigʻish boʻyicha jamiyat tomonidan berilgan taklifdan soʻng, yangi masjid qurilishiga mas’ul qoʻmita ushbu masjid qurilishi uchun 10 000 ringgit toʻplaydi. Shundan soʻng qoʻmita qurilish uchun sulton roziligini olgan.

1925-yilda Sulton Ibrohim jome masjidini qurish ishlari boshlangan. Oradan besh yil oʻtgach, 1930-yilda ushbu masjid binosi qurib bitkazilgan va Dato Mustafo bin Jaafar tomonidan rasman ochib berilgan.

Arxitekturasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sulton Ibrohim jome masjidi Gʻarb va Yaqin Sharq meʼmorchilik uslublari taʼsirida bunyod etilgan.

  1. „Masjid Jamek Sultan Ibrahim“. 2019-yil 13-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 15-dekabr.