Suriyadagi chechenlar — ikki ommaviy migratsiya paytida chechenlarning Suriyaga koʻchirilishi natijasida shakllangan chechen diasporasi.
Koʻchishning birinchi toʻlqini 1865-yilda sodir boʻldi.. P. Berjening maʼlumotiga koʻra, natijada 1871-yilda Suriyada 1200 chechen oilasi yashagan. Biroq, keyinchalik tif va bezgak epidemiyalari tufayli bu raqam sezilarli darajada kamaygan. Bugungi kunda Suriyadagi 6 ta aholi punktida migrantlarning birinchi toʻlqini avlodlari boʻlgan 2 mingga yaqin chechenlar istiqomat qiladi.
Yangi chechenlar tufayli diaspora koʻpaygan. Asosiy oʻsish 1912-yilda, ayniqsa keng koʻlamli koʻchirish amalga oshirilganda sodir boʻldi. Yangi kelganlar Golan tepaliklari hududiga va El-Kuneytra shahriga joylashishgan.
1967-yilda Olti kunlik urush natijasida bu hududlardan aholi Isroil kuchlari tomonidan quvib chiqarildi; uylarini yoʻqotgan aholi orasida chechenlar ham bor edi, ular oʻsha paytgacha kamida 10 qishloqda yashagan. Qochqinlar Damashq kabi yirik shaharlarga joylashishga majbur boʻldilar, u yerga asta-sekin moslashishidi va oʻz ona tilini yoʻqotdilar. Shunga qaramay, ular oʻzlarini chechenlar atashda davom etmoqdalar. Bu muhojirlar toʻlqini vakillaridan biri marhum olim va shoir Daib Vappi edi.
[Turkum:Muhajirstvo]]