Tamara Yatsenko | |
---|---|
Tavalludi |
1955-yil 19-avgust |
Fuqaroligi | SSSR va Ukraina |
Kasbi | aktrisa |
Tamara Oleksandrivna Yatsenko (ukraincha: Тама́ра Олекса́ндрівна Яце́нко; 1955-yil 19-avgustda tugʻilgan) – ukrainalik teatr, kino va televideniye aktrisasi. Ukraina xalq artisti.
Tamara Oleksandrivna Yatsenko 1955-yil 19-avgustda Kiyev viloyatidagi Gorenka qishlogʻida tugʻilgan[1][2][3]. 1975-yilda Ivan Franko nomidagi Milliy akademik drama teatri qoshidagi Kiyev teatr studiyasini tamomlagan[4]. 1979-yildan Kiyev Milliy akademik Molodiy teatrida aktyorlik faoliyatini boshlagan[5]. 1990-yilda Rossiya teatr sanʼati institutini tamomlagan[6].
Teatr aktyorligidan tashqari, Yatsenko filmlar va telekoʻrsatuvlarda ham rol oʻynagan[7]. Shuningdek, Suv parisi (1989) va Yaxshi boʻlish osonmi? (2010) kabi multfilmalarga ovoz bergan[7].
Tatsenko 1982, 1983 va 2003-yillarda „Za dvoma zaytsami“ (ukraincha: За двома зайцями) spektaklidagi Pronya Prokopivna roli uchunSumidagi festivalda „Debut Award“, „Boychenka“ va M. Staritskiy nomidagi Adabiyot va sanʼat mukofotlariga sazovor boʻlgan[8]. 1993-yilda Ukraina xalq artisti unvoni berilgan[9]. 2007-yilda Golubka (ukraincha: Голубка) spektaklidagi Aleksandrovna xonim roli uchun „Kiyevska pektoral“ mukofotiga sazovor boʻlgan[10][9].