Tangu (xit. pinyin) — Xitoyning anʼanaviy zarbli cholgʻu asbobi (doʻmbira -baraban)[1][2].
Tanguning bochkasimon shaklidagi tanasi ailanthus, chinor, qayin, terak yoki boshqa turdagi yogʻochlardan yasalgan va uzunligi 60 dan 80 santimetrgacha va diametri 20 dan 100 santimetrgacha[1] yoki undan koʻp boʻladi. Odatda u qizil rangga boʻyaladi. Baraban 4 ta temir halqa vositasida tanaga mahkamlanadi yoki yogʻoch ramkaga oʻrnatiladi[2].
Doʻmbira pardalari tanguning ikki tomonida joylashgan boʻlib, sigir, choʻchqa yoki echki terisidan tortiladi[1].
Tangada soz chalish uchun ikkita yogʻoch tayoqdan foydalaniladi[2].
Tangu buddaviylik marosimlari va teatr tomoshalarida[2] hamda Xitoy musiqasining koʻp turlarida ishlatiladi[1]; jumladan, turli oʻlchamdagi tangular Pekin opera orkestri tarkibiga kirishi mumkin[3].
Sozandalar anʼanaviy ravishda Xitoy Yangi yilining ilk kunlarida sher raqsini ijro etish chogʻida Datangu (xitoycha: 大堂鼓línínín ; katta tangu yoki sher tangu)ni ishlatishadi[1].
Syaotangu (xitoycha: 小堂鼓 ; kichik tangu) esa vertikal ravishda chalinadi[4][5].
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |