Tao rusyr caldera

Tao-Rusyr Kaldera (rus. Tao-Rusyr) – Rossiyaning Kuril orollaridagi Onekotan orolining janubiy qismida joylashgan strato-vulqondir. U 10 000 yildan kamroq vaqt oldin halokatli otilish paytida hosil boʻlgan eni 7,5 km lik kalderaga ega. Koltsevoye koʻli (ruscha:Kolsevoe ozero, Halqali koʻl) suvlari koʻl ichida orol shaklida koʻtarilgan Krenitsin choʻqqisi katta simmetrik andezit konus bilan birga kalderani toʻldiradi. Ushbu vulqon Rossiya Imperatori, dengiz floti kapitan Pyotr Krenitsin sharafiga nomlangan.

Onekotan-Kuril Oroli

Eng soʻnggi otilish 1952-yilda orol qirgʻogʻida kichik lava gumbazini hosil qilgan. Krenitsin choʻqqisi kengligi 350 m boʻlib, choʻqqi krateriga ega hamda vulqonning va butun Onekotan orolining eng baland nuqtasidir. Yana bir kaldera, Nemo choʻqqisidir. U orolning shimoliy uchida joylashgan boʻlib, unda markaziy konus va krater koʻli ham mavjud.

Kaldera otilishi natijasida taxminan 50-60 kub kilometr (12-14 kub mil) lik massa hosil boʻlgan va avvaldan mavjud boʻlgan vulqonning yuqori qismlari vayron boʻlgan[1]. Hodisa GISP2 muz yadrosida aniqlangan[2].

Otilish hosil qiluvchi kaldera janubiy Onekotandagi oʻsimliklarni yoʻq qilgan va uning tiklanishi uchun uzoq vaqt kerak boʻlgan[3]. Tao-Rusirda faqat bitta tarixiy portlash 1952-yildagi Severo-Kurilsk zilzilasidan soʻng sodir boʻlgan[4].

Tao-Rusyr Caldera, Onekotan oroli

9000 yildan koʻproq vaqt oldin halokatli vulqon otilishi natijasida, Rossiyadagi Kamchatka yarim orolining janubiy uchida joylashgan Kuril orollaridan biri boʻlgan, Onekotan orolining janubiy uchida ulkan kaldera hosil boʻladi. Bugungi kunda qadimgi Tao-Rusyr Kaldera Kal’tsevoe koʻlining moviy suvlari bilan toʻlgan.

NASA ning Earth Observing-1 (EO-1) sunʼiy yoʻldoshidagi Advanced Land Imager (ALI) 2009-yil 10-iyun kuni janubiy Onekotanning haqiqiy rangli tasvirini olgan. Bahor oxirida olingan bu suratda quruqlikda qor yoki muz boʻlib, jigarrang-yashil quruqlik yuzasida oq chiziqlar hosil boʻlgani koʻringan. Kalderaning shimoli-gʻarbiy kvadrantida Krenitzin choʻqqisi joylashgan boʻlib, u 1325 metr (4347 fut) balandlikka ega.

Boshqa Kuril orollari singari, Onekotan ham Tinch okeanidagi „Olov halqasi“ boʻylab joylashgan. Kuril orolidagi vulqonlar Tinch okean plitasining Yevroosiyo plitasi ostiga choʻkishi natijasida hosil boʻlgan magma bilan taʼminlangan boʻlib, u orollarning sharqida taxminan 200 kilometr (120 milya) chuqurlikda joylashgan. Krenitzin choʻqqisidagi yagona tarixiy otilish 1952-yilda, subduksiya yorigʻi boʻylab 9,0 magnitudali zilziladan bir hafta oʻtgach sodir boʻlgan.

Oʻziga xosligi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vulqon balandligi 1329 m boʻlib, 1952-yildan beri harakatda. Eʼtiborli tomoni shundaki, vulqon diametri 7 km, 900 metrli qoya devor bilan oʻralgan vulqon natijasida hosil boʻlgan koʻlning oʻrtasida joylashgan. Bunday noodatiy tabiiy koʻrinishi tufayli u Dunyoning yangi yetti moʻjizasiga qoʻshimcha sifatida 8-moʻjiza sifatida ham eʼtirof etiladi[5].

  1. L. I. Bazanova, I. V. Melekestsev, V. V. Ponomareva, O. V. Dirksen & V. G. Dirksen. „Kamchatka va Kuril orollarida kech pleystotsen va Golotsen vulkanik falokatlari. 1-qism. Vulkanik katastrofizmning etakchi tarkibiy qismlari sifatida katastrofik portlashlarning turlari va sinflari“ (15-iyul 2016), s. 151-169.
  2. Stuart J. Fiedel, John R. Southon, Thomas A. Brown, G. A. Zielinski, P. A. Mayewski, L. D. Meeker, S. Whitlow, M. S. Twickler, M. Morrison, D. A. Meese, A. J. Gow and R. B. Alley. „Miloddan avvalgi 7000 yildan beri vulkanizmning GISP muz yadrosi rekordi.“ (1995-yil 13-yanvar), s. 256-258.
  3. „Kech pleystotsen-Golotsendagi Kuril orollarining paleoenvironmentlari: iqlim o'zgarishi va vulqon otilishi ta'siri“ (2011-yil may), s. 4-14.
  4. Vulqon otilishlari 9 megatrust zilzilalar: Sumatra-Andaman vulqonlari uchun oqibatlar (iyun 2007), s. 539.
  5. Karomiddin Gadoyev. Sayyoramiz mo`jizalari, 2012 — 159-bet.