Taras Chubay | |
---|---|
Tavalludi | 21-iyun 1970 |
Janrlar | Rok-musiqa va bard qo'shig'i |
Fuqaroligi | Ukraina va SSSR |
Taras Grigoryevich Chubay (ukraincha: Тарас Григорович Чубай, 1970-yil 21-iyunda Lvov shahrida tugʻilgan) – ukrainalik qoʻshiqchi, rok musiqachisi va bastakor, „Plach Yeremiy“ guruhining vokalisti va qoʻshiqnavisi. Ukraina xalq artisti (2017)[1]. Ukrainada xizmat koʻrsatgan artist (2008)[2]. Faoliyati davomida 100 dan ortiq qoʻshiqlar yozgan, 11 ta albom nashr etgan va Kraysler-Imperial operasi uchun uvertura yozgan.
Ukrain shoiri, tarjimon va sanʼatshunos Grigoriy Chubay oilasida tugʻilgan. S. Krushelnitskaya nomidagi Lvov musiqa maktabi va Lvov konservatoriyasini tamomlagan. Talabalik yillarida, 1987-1992-yillarda „Ne juris!“ teatrining spektakllarida qatnashgan. 1990-yilda bas gitarachi Vsevolod Dyachishin bilan birgalikda „Plach Yeremiy“ guruhini tashkil qilgan va hozirgacha ijodiy faoliyat olib bormoqda.
1999-yilda Kiyevga koʻchib oʻtgan. „Skryabin“ guruhi bilan ikkita albom yozgan – „Nashe Rizdvo“ va „Nashі partizani“. 2003-yil 11-sentyabrda Ukraina saroyida oʻzining „Svіtlo і spovіd“ albomini taqdim etgan holda yakkaxon konsert bergan. Konsertda uning „Plach Yeremiy“ guruhi, „Virtuozi Lvova“ kamera orkestri va „Pikkardiyska tertsiya“ musiqiy guruhi ishtirok etgan[3].
2008-yilda Taras Chubay „Ukrainada xizmat koʻrsatgan artist“ unvoniga sazovor boʻlgan.
2017-yil 24-avgustda Ukraina Prezidentining farmoni bilan unga „Ukraina xalq artisti“ unvoni berilgan.
Uylangan, uch farzandi bor.