Tatyana Danilova | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Davlat | Belarusiya |
Oldin vakil boʻlgan | Rossiya |
Tavalludi |
25-noyabr 1993-yil Moskva, Rossiya |
Sherigi | Mikalay Kamyanchuk |
Oldingi sheriklari | Andrey Novoselov |
Murabbiyi | Dmitri Kaplun |
Oldingi murabbiylari | Inna Utkina |
Jamoasi | SDUSHOR Minsk |
Oldingi jamoalari | UOR 4 Moscow |
Mashgʻulot oʻtkazadigan joyi | Minsk |
Uchishni boshlagan | 2000 |
Shaxsiy rekordlari | |
Qisqa dastur | 53.27 |
Erkin dastur | 98.64 |
Tatyana Sergeyevna Danilova (ruscha: Татьяна Сергеевна Данилова; 1993-yil 25-noyabrda tugʻilgan) — juftlikda konkida uchish musobaqalarida qatnashuvchi rossiyalik figurali uchuvchi. Sherigi Andrey Novoselov bilan birga Rossiya vakili sifatida 2010 Golden Spin of Zagreb musobaqasining kumush medali sohibi boʻlgan. Mikalay Kamyanchuk bilan Belorussiya vakili sifatida bellashib, 2015 Toruń Cup kumush medali sovrindori va ikki marta Yevropa chempionatida (2016, 2017) kuchli oʻntalikka kirgan.
Danilova 2000-yilda konkida uchishni oʻrgana boshlagan[1].
Danilova 2009-yilda Andrey Novoselov bilan juftlik hosil qilgan. Bu juftlikka Moskvada Inna Utkina murabbiylik qilgan va ular Rossiya sharafini himoya qilgan. Juftlik 2010-yilgi Rossiya oʻsmirlar chempionatida 8-oʻrinni egallagan va keyingi mavsumda oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri seriyasida qatnashib, Avstriyada boʻlib oʻtgan bosqichda 4-oʻrinni va Germaniyada esa 6-oʻrindan joy olgan. Kattalar darajasida raqobatlashgan juftlik, 2010 Golden Spin of Zagreb musobaqasida ishtirok etib, kumush medalni qoʻlga kiritdilar[2].
Danilova yelkasini operatsiya qildirganian keyin bir yil davomida konkida ucha olmadi, shuning uchun u Novoselovga boshqa sherik izlashi mumkinligini aytgan. Konkida uchishga qaytganidan soʻng, ikki yil davomida muz shoularida qatnashgan.
Danilova 2014 — 2015-yilgi mavsumda Mikalay Kamyanchuk bilan Belorussiya terma jamoasi vakili sifatida kurasha boshlagan[3]. Juftlik 2014-yil dekabr oyida CS Golden Spin of Zagreb musobaqasida oʻz debyutini amalga oshirgan holda 6-o‘rindan joy olgan. Juftlik 2015-yil yanvar oyida Toruń Cup turnirida kumush medalni qoʻlga kiritgan. Ular Belarusiya chempionatida Mariya Palyakova / Nikita Bochkovdan keyin ikkinchi oʻrinni egallagan.
Danilova / Kamyanchuk juftligi 2016-yilda Bratislavada boʻlib oʻtgan Yevropa chempionatida 10-oʻrindan joy olgan va 2016-yilda Dmitriy Kaplun boshchiligidagi Bostonda boʻlib oʻtgan Jahon chempionatida 20-oʻrinni egallagan.
Bu juftlik 2017-yilda Ostravada boʻlib oʻtgan Yevropa chempionatida 10-oʻrindan joy olgan. Ular Xelsinkida boʻlib oʻtgan 2017-yilgi Jahon chempionatida 23-oʻrinni egallagan.
Mavsum | Qisqa dastur | Erkin dastur |
---|---|---|
2016 — 18 |
|
|
2015 — 16 |
|
|
GP: Gran-pri; CS: Challenger seriyasi; JGP: Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri
Xalqaro | ||||
---|---|---|---|---|
Musobaqa | 2014 — 15 | 2015 — 16 | 2016 — 17 | 2017 — 18 |
Jahon chempionati | 20 | 23 | ||
Yevropa chempionati | 10 | 10 | ||
CS Golden Spin of Zagreb | 6 | 8 | ||
CS Mordoviya bezaklari | 5 | |||
CS Nebelhorn Trophy | 12 | |||
CS Warsaw Cup | 4 | 6 | ||
Toruń Cup | 2 | |||
Milliy | ||||
Belarusiya chempionati | 2 | 1 | 1 |