Taxmina Ikromova (2004-yil 6-avgustda tugʻilgan) — oʻzbekistonlik badiiy gimnastikachi. U 2022-yilgi Osiyo chempionatining koʻpkurash boʻyicha chempioni.
2019-yilda Rossiyaning Moskva shahrida oʻtkazilgan oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida Oʻzbekiston sharafini himoya qildi va jamoaviy bahslarda 11-oʻrinni egalladi. Yakka tartibda u arqon va lenta kvalifikatsiyalarida 10-oʻrinni egalladi.
2021-yilda Oʻzbekiston poytaxti Toshkent shahrida oʻtkazilgan badiiy gimnastika boʻyicha Osiyo chempionatida u koʻpkurash, klublar va lenta bahslarida kumush, halqa finalida oltin medalni qoʻlga kiritdi. 2021-yilda Yaponiyaning Kitakyusyu shahrida boʻlib oʻtgan jahon chempionatida u koʻpkurash boʻyicha 29-oʻrinni egalladi.
2022-yilda Toshkentda boʻlib oʻgan jahon chempionatida ishtirok etib, koʻkurashda sloveniyalik Yekaterina Vedeneevaga qarshi gilamga chiqib, oltin medalni qoʻlga kiritdi[2]. Shuningdek, u halqa va klublar finalida oltin medal, lenta finalida bronza medalini qoʻlga kiritdi va toʻp finalida 4-oʻrinni egalladi.
- Yilning eng yaxshi ayol sportchisi[3]